QÒQON UNIVERSITETi Ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim yònalishi MS4-21 guruh talabasi Mingboyeva Madinaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari mavzusida tayyorlagan
Bajardi:Mingboyeva. M Tekshirdi:Qalandarova. Z
REJA
1.MTT da tarbiyaviy ishlar maqsadi va vazifalari. Metodolagiya kursining asosiytushunchalari, tarbiyaviy ish uslubining paradokslariva asosiy ta'lim paradigmalari.
2. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyat an'analar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash yòllari.Xalq an'analarining tarbiyadagi ahamiyati, umuminsoniy tarbiyaningmezonlari,yosh bolalarni tarbiyalash va òqitish shartlari. Psixologikva pedagogiksharoitlar. Ta'lim tarbiyada uslub va dastur.
3. Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni shaxsning satsializatsiyasijarayonida ta'limga aksialogik yondashuv. Ta'lim jarayonida shaxsga yònaltirilgan tarbiyaviy yondashuv.
Bugungi kunda Maktabgacha ta 'lim sohasida katta òzgarishlar yuz bermoqda. Bu òzgarishlar albatta mustaqil Òzbekiston davlatining ravnaqi, yuksalishi uchun hizmat qiladi, zero kelajak òsib kelayotgan yosh avlodning qòlida. Bolalarni ilk yosh davridan boshlab tarbiya va ta'limiga e'tibor berish ularni komillik sari yetaklash zarur. Bunda Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ahamiyati katta. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyaviy ishlarining asosiy maqsad va vazifasi bolani har tomonlama yetuk shaxs etib yetishtirishdir. Tashkilotda bolaning har tomondan shart sharoit yaratish, tògri ta'lim va tarbiya ish faoliyati tashkil qilish, bolaning salohiyatidan kelib chiqib tògri ta'lim tarbiyaga yònaltirish lozim. Albatta bunda pedagogik mahorat talab qilinadi. Hozirgi kunda tashkilotlarda Ilk qadam va Davlat talablari meyoriy hujjat asosida faoliyat olib borilari. Ilk qadam davlat dasturida bola rivojlanishi uchun barcha tayanch yòriqnomalar mavjud. Unga kòra bolalar mashĝulotlarni òz ihtiyoriga kòra beshta faollik markazlarida bajarmoqda. Shu bois maktabvacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirib bir qancha yònalishni uyĝunlashtirib turli hil òyinlardan foydalanish orqali tashkil qilinmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasida xalqaro aloqalarga keng òrin berib rivojlangan mamlakatlar bilan òroro soha vakillari bilan aloqalar olib borilmoqda.Ta'lim yònalishining rivojlanishi.Ta'lim paradimalari zamonaviy pedagogikata'lim paradigma. Pedagogik paradigma (yunoncha misol, na'muna) pedagogika fani rivojining ma'lum bosqichida ta'lim va tarbiya muammolarini hal etish na'munasi. Paradigmalarni belgilashga nisbatan uch hil yondashuv mavjud. 1.Qadriyatli,2. Faoliyatli yondashuv, 3.shaxsiy yondashuv.
Metod va metodologiya . Metod (yunon. metods- usul) keng manoda yòl, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega faoliyatda qòllaniladigan ma'lum usullar tizimi.Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tatqiqotni taminlovchiboshqa vositalarni ham òrganadi Fan metodologiyasiuning strukturasi, taraqiyoti,, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari uning natijasini adoslash yòllari bilimni tajribaga tadbiq qilish mehanizmlari va shaklini òrganadi shuningdek metodologiya metodlar yiĝindisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir. Har qanday metod muayyan nazariyaasosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida nomoyon boladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatiga egaligi nazariyaning fundumentalligi bilan boĝliq. Metodlar xilma xilligiga kòra turli mezonlar asosida klasifikatsiya qilinadi. Eng avvalo manaviy ĝoyaviy moddiy va amaliymetodlarni ajiratmoq lozim. Inson ummum metodologiyaning markazidir, har qanday metod u yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. 2.Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyat an'analar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash yòllari.Xalq an'analarining tarbiyadagi ahamiyati , umuminsoniy tarbiyaning mezoni. Yosh bolalarni tarbiyalashda òqitish shartlari. Paixologik va pedagogik sharoitlar. Ta'lim tarbiyada uslub va dasturlar. Ilk matabgacha yosh davridanoq bolalarga milliy qadriyatlar òrgatilib boriladi. Har bir xalqning òziga hosligiga kòra maktabgacha ta'lim tashkilotlarida milliy an'ana, qadriyatlar ruhi aks etiriladi. Bunda bolalarning òzligini anglash kimlarning avlodi ekanligi, qanday xalqning farzandi ekanligi aks etadi. Milliy tarbiya bu bolalarda jamiyatga munosib ahloq darajasi yetuk shaxs sifatida kamol topishiga zamin yaratadi. Har bir oilada, tashkilotlarda mentalitetimizga hos bòlgan ahloq qoidalariga kòra farzand ta'lim va tarbiya oladi. Bolalarga milliy qadriyatlar bilan tarbiyashda milliy liboslar, qadimiy kòngilochar tadbirlar, odatlar, har bir tashkilotlarda mijjassamlashadi. Bolalar milliy òyinlar, milliy liboslar, an'ana qadriyatlar bòlgan jarayonlarda òzlari òyin orqali ishtrok etadilar va mohiyatini anglaydilar. Mutafakkir A. Avloniy ta'kidlaganidek " tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir". Bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning asosiy omili bu bola dunyoga kelgan oiladan boshlab milliy ruh, muhit yaratishdir. Bola ilk tarbiyani oiladan oladi. Yosh bolalarni tarbiyalash va òqitishda pedagogning mahorati yuqori darajada bòlishi lozim. Bola ilk yosh davridanoq qanday mehr va e'tibor kòrsa òsha ruhda shakllanadi. yosh bolalarni òqitishda ilk qadam davlat talablari dasturi asosida faolliklar tashkil etiladi. Ularni tarbiyalashda ular bilan koproq suhbat, òyinlar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bolalarni qiziqtirgan savollariga tòĝri va tòliq holda javob qaytatish samarali shakldir, bunda bola òzini tafakkur darajasi oshiriladi. 3.Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayonini shaxsning satsializatsiyasi jarayonida ta'limga aksialogik yondashuv. Ta'lim jarayonida chaxsga yònaltirilgan tarbiyaviy yondashuv. Har birimizni jamiyatda òrnimiz, uning qachon va qanday paydo bolganligi jamiyatga qòshilib yashashimizning psixologik mexanizmlar jarayonipsixologiyada ijtimoiylashuv yoki satsializatsiya deb yuritilinadi. Hozirgi zamon psihologiyasida ijtimoiylashuv terminning yana ikki sinonimi keng qòllanilinadi: bular " shaxs shakllanishi" va " tarbiya" jarayoni. Ijtimoiylashuv induvidning jamiyatga kirib borishi, hamda ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish bilan ifodalanadi. Ijtimoiylashuv bu bizning jamiyatda qòshilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bòlgan ijtimoiy tajribalarni òzlashtirishimizdan iborat bolgan jarayon. Aksialogik yondashuv bu ijtimoiy pedagogik qadriyatlar tizimiga yònaltirilgan, nazariy ĝoyalar majmui bolib, ularning òziga inson hayoti, erkin ijodiy faoliyati, erkin muloqotini tushunishdan iborat. Aksialogiya bu shaxs, jamoa, jamiyatning moddiy, ma'naviy, ahloqiy va psixologik qadriyatlari,ularni voqeliklar bilan aloqasi qadriyatlar va meyoriy tizmda òzgarishlar haqidagi falsafiy ta'limot.
Xulosa Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohatlar yosh avlodni soĝlom hayotga aqliy faollik, idrok yuksalishi komillik kabi sifatlarni yanada rivojlantirish. Sohadagi pedagoglar zimmasida yuksak masuliyat va sharaf tuyĝusi ila yangi bilm kònikmalarni oshirish zarur ekan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohatlar kòlamini oshirish biz pedagoglarning eng oliy maqsadimiz.