Quarterly 3Q23 uz



Yüklə 4,49 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix16.10.2023
ölçüsü4,49 Mb.
#156196
Quarterly 3Q23 UZ



“Toshkent” RFB va birjaning nolisting
platformasidagi 2023 yilning III
choragidagi savdo natijalari
KAP DEPO indeksi va uning
komponentlari bilan savdo natijalari,
shuningdek aksiyalarning o'zgarish
dinamikasi
III KVARTAL
natijalari
Natijalar
Natijalar
2023


SAHIFA| 01
CHORAK SAVDO NATIJALARI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
114 209
204,73 mlrd UZS
Savdo hajmi
Bitimlar soni
14 903
37,0 mlrd UZS
BIRJANING NOLISTING PLATFORMASIDAGI SAVDO NATIJALARI
Bitimlar soni bo'yicha top-10 aksiya
Bitimlar hajmi bo'yicha top-10 aksiya
(mlrd so’mda)
82
82
9,16
9,16
6 310
6 310
5 244
5 244
Emitentlar soni
Qimmatli qog'ozlar soni
Sotib olish
Sotish


Бан и
Промышленность
Бир и
TRSB
HMKB
IPTB
SQBN
IPKY
.
..
...
.
SAHIFA| 02
KAP DEPO INDEKSINING NATIJALARI
Savdo hajmi
Choraklik pasayish
+108,3%
+20,0%
-19,0%
-3,1%
-12,7%
-36,5%
TRSB
HMKB
IPTB
SQBN IPKY
UZMK
QZSM
KVTS
URTS
-12,7%
-3,4%
+60,0%
Banklar
Sanoat
Savdo maydonlari
15 000 UZS
60 UZS
0,92 UZS
10 UZS
47 UZS
7 250 UZS
1 763 UZS
2 829 UZS
17 800 UZS
III chorak bo’yicha indeks dinamikasi
-5,56%
10,69 mlrd UZS
IIIQ22 11,45 mlrd UZS
IIIQ22 -10,75%


SAHIFA| 03
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
TRASTBANK
Savdo hajmi
Bitimlar soni
Bank yangiliklari
“Trastbank” har bir oddiy aksiya uchun 1 462 so‘mdan to‘lamoqda:
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi yakunlariga ko‘ra, 2022 yil
uchun XMHS bo‘yicha 505,0 mlrd so‘m miqdorida taqsimlanmagan foyda va 2023 yilning I
yarim yilligi uchun XMHS bo‘yicha 314,0 mlrd so‘m miqdorida sof foyda (jami 819,0 mlrd
so‘m) har bir oddiy aksiya uchun 1 462 so‘m miqdorida dividendlar to‘lashga foydalaniladi.
Dividendlarni to'lashning boshlanish sanasi — 25 sentabr, tugash sanasi — joriy yilning 20
noyabri.
Bundan tashqari, yig'ilishda 2023 yilning I yarim yilligi bo'yicha (XMHS bo'yicha) olingan
foydaning bir qismini — 36 mlrd so'mni umumiy maqsadli zaxira jamg'armasini ko'paytirish
uchun yo'naltirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
340
62,13 mln UZS
IIIQ22 1,02 mlrd UZS


SAHIFA| 04
HAMKORBANK
Bank yangiliklari
“Hamkorbank” aksiyadorlari har bir aksiya uchun qo‘shimcha 2 tadan aksiya oldilar:
9 avgust kuni Bank umumiy qiymati 215,55 mlrd so‘mlik qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazganini e'lon qildi. Bank 43,11 mlrd dona aksiya chiqardi, shundan
41,76 mlrd aksiya oddiy va 1,35 mlrd aksiya imtiyozli hisoblanadi.
Aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10-kuni (17 avgust)
shakllantiriladigan aksiyadorlar reestriga kiritilgan bank aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlandi.
Taqsimlash aksiyadorlarga tegishli aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda amalga
oshirildi. Har bir aksiya uchun aksiyadorlar qo'shimcha 2 ta bonusli aksiyalar olishdi.
Reestrga kirish uchun aksiyalarni sotib olishning oxirgi kuni (T+2 ni hisobga olganda) — 2023-
yil 15-avgust bo’lgan.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
4 971
2,49 mlrd UZS
IIIQ22 1,09 mlrd UZS


SAHIFA| 05
IPOTEKA-BANK
Bank yangiliklari
“Ipoteka-bank”ning joriy yil 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishida imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha har bir aksiya uchun 0,25 so‘m miqdorida dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul
qilindi. Shu bilan birga, umumiy maqsadli zaxira fondini shakllantirish uchun 132,44 mlrd
so‘m (foydaning 11,45%) yo‘naltirildi. 1,02 trln so‘m taqsimlanmagan holda qoldirildi.
Ipoteka-bankning kredit portfeli iyul oyida 1,5% ga oshib, qariyb 33,8 trln so’mni ($2,8 mlrd)
tashkil etdi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar keskin oshib, 1 trln so‘mdan 2 trln so‘mga
yetdi. Bankning muammoli kreditlar ulushi iyul oyi boshiga nisbatan 3,2% dan 6,2% ga
keskin ko‘tarildi.
Ukraina Vengriya OTP bankini (Ipoteka bankning yangi egasi) "xalqaro urush homiylari" -
Rossiyani moliyaviy qo'llab-quvvatlashda ayblangan kompaniyalar ro'yxatidan chiqardi.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
3 685
266,83 mln UZS
IIIQ22 63,1 mln UZS


SAHIFA| 06
O’ZSANOATQURILISHBANK
Bank yangiliklari
“O‘zsanoatqurilishbank”ning joriy yil 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishida 2022-
yilda 0,59 trln so‘mni tashkil etgan umumiy sof foydadan har bir aksiya uchun 4,37 so‘m
miqdorida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu
bilan birga, umumiy maqsadli zaxira fondini shakllantirish uchun 29,45 mlrd so‘m
yo‘naltirildi. 0,50 trln so‘m taqsimlanmagan holda qoldi.
4 avgust kuni bank 5 yil muddatga umumiy qiymati $100 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni
xususiy joylashtirishni yakunladi. Investorlar sifatida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC),
Avstriya taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB), Germaniya
taraqqiyot moliya instituti va fransuz banki Societe Generale tashkilotchi bank sifatida
ishtirok etdi.
“O‘zsanoatqurilishbank”ni 2020-yil mayidan buyon boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari
lavozimida ishlab kelgan Akbarjonov Aziz Akbarjonovich boshqaruv raisi bo’ldi.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
33 176
88,63 mln UZS
IIIQ22 269,7 mln UZS


SAHIFA| 07
IPAK YO’LI BANK
Bank yangiliklari
“Ipak yo‘li” banki birinchi yarim yillik foydani zaxira fondiga yo‘naltirdi:
Bankning joriy yil 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari
umumiy yig’ilishi yakunlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligidagi 300 mlrd so‘m
miqdoridagi foydaning bir qismini umumiy maqsadli zaxira fondini shakllantirishga
yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“Ipak yo‘li banki” kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $15 mln jalb qildi:
Finlyandiyaning Finnfund investitsiya fondi O
ʻ
zbekistonda kichik va o
ʻ
rta biznesni
rivojlantirish uchun bankka $15 mln miqdorida kredit ajratdi.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
2 815
94,35 mln UZS
IIIQ22 183,6 mln UZS


SAHIFA| 08
O’ZMETKOMBINAT
Kompaniya yangiliklari
2022 yil bo’yicha foyda taqsimoti:
“O‘zmetkombinat” AJning joriy yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishida oddiy
aksiyalar bo‘yicha har bir aksiya uchun 683,35 so‘m va bir imtiyozli aksiya uchun 300 so‘m
miqdorida dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“O‘zmetkombinat” Citibankdan $100 mln jalb qildi:
“O‘zmetkombinat” “Citibank” bilan $100 mln miqdorida kredit shartnomasi tuzilganini
ma’lum qildi. 2023-yil 4-avgustda imzolangan shartnomaga ko‘ra, kompaniya
”Citibank”ning London filialidan garov va kafolatsiz muddatli kredit liniyasini oldi.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
2 973
4,46 mlrd UZS
IIIQ22 4,84 mlrd UZS


SAHIFA| 09
QIZILQUMSEMENT
Kompaniya yangiliklari
“Qizilqumsement” ishlab chiqarish korxonalari orasida top-20 soliq to
ʻ
lovchilar qatoridan
joy oldi:
2023-yilning 8 oyi yakuni bo‘yicha “Qizilqumsement” AJ 231,1 mlrd so
ʻ
m soliq to'lagan,
imtiyozlar 15,2 mlrd so
ʻ
mni, tovar aylanmasi 1,3 trln so
ʻ
mni tashkil etgan (2022-yilning
yanvar-noyabrda top-20 da joy olmagan edi).
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
2 179
392,51 mln UZS
IIIQ22 800,3 mln UZS


SAHIFA| 10
KVARTS
Kompaniya yangiliklari
2023 yil 16 avgustdan boshlab, “Kvarts” quvvati 400 tonna bo'lgan yangi float liniyasida
siliqlangan qurilish oynasini ishlab chiqarishni boshladi.Ushbu oyna vitrinalar, panoramali
oynalar va jabhalarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
“Kvarts” 2023-yil 14-sentabrdan boshlab 400 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega
liniyasida 2 mm qalinlikdagi sayqallangan, chiqindisiz M0 qurilish oynasi ishlab chiqarilishini
e’lon qildi. Ushbu oyna yuqori jahon standartlariga javob beradi va deyarli hech qanday
nuqsonga ega emas. U yuqori sifatli oynalarni va avtomobil oynalarini ishlab chiqarishda
qo'llaniladi, deya ta'kidladi kompaniya.
Joriy yilning 26-sentabr kuni “Kvarts” 19% yorug'lik o'tkazuvchanligi bilan 6,0 mm
qalinlikdagi rangli shisha ishlab chiqarishni boshladi. 2000mm x 3000mm o'lchamdagi bu
shisha mebel ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
3 256
393,00 mln UZS
IIIQ22 508,4 mln UZS


SAHIFA| 11
TOVAR-XOMASHYO BIRJASI
Birja yangiliklari
Joriy yil boshidan buyon O’zRTXBda birja savdolari orqali umumiy qiymati 613,9 mlrd
so‘mdan ($50,7 mln) ortiq 1,0 tonnadan ziyod qimmatbaho metallar sotildi. Bunda, birja
orqali sotilgan oltinning hajmi 611,9 mlrd so‘m, kumushning hajmi esa — 2,0 mlrd so‘mga
yetdi. Birja orqali sotilgan qimmatbaho metallarning sotuv hajmi o‘tgan yilning mos
davriga nisbatan ham moddiy, ham qiymat jihatdan to‘rt marotabaga oshdi.
2023-yilning 9 oyi yakunlari bo
ʻ
yicha birjada $523,6 mlnlik tashqi savdo bitimlari tuzildi va bu
o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 58% ga ko‘pdir.
Birjaning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2022-yilning
mos davriga nisbatan 4% ga o‘sib, 103,3 trln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitimlarning qariyb
70% birja savdolariga, qolgan qismi, yaʼni 30% elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri
kelgan.
INDEKS KOMPONENTINING NATIJASI
Savdo hajmi
Bitimlar soni
III CHORAKDA BANK AKSIYALARINING SAVDO HAJMI VA O'SISH DINAMIKASI
*ming so'mda
Savdo hajmi
Aksiya narxi
2 505
2,45 mlrd UZS
IIIQ22 2,67 mlrd UZS


SAHIFA| 12
IV CHORAK UCHUN PROGNOZLAR
Tiker
Oxirgi narx
Tavsiya
Target
Salohiyat
UZMK
7 250
Buy
8 500
+17,2%
QZSM
2 828,9
Buy
3 500
+23,7%
IPTB
0,92
Buy
1
+8,7%
HMKB
60
Buy
65
+8,3%
URTS
17 800
Buy
19 000
+6,7%
KVTS
1 763
Buy
2 000
+13,4%
AGM1
9 300,1
Buy
10 000
+7,5%
IPKY
47
Neutral
50
+6,4%
TRSB
15 000
Neutral
15 000
0%
SQBN
10
Neutral
10
0%
UZMT
70 000
Neutral
75 000
+7,1%


Ushbu material “KAPITAL-DEPOZIT” MChJ tahlilchisi tomonidan tayyorlangan. Kompaniya ushbu hisobotda har qanday
qimmatli qog'oz yoki kompaniyaga nisbatan ifodalangan barcha pozitsiyalar tahlilchining har qanday tahlil qilingan
kompaniya yoki xavfsizlik bo'yicha shaxsiy qarashlarini aks ettirishini e'lon qiladi. Har bir tahlilchi va/yoki har qanday
tahlilchi bilan bog'langan shaxslar bozor ma'lumotlarini to'plash, to'plash va sharhlash uchun treyderlar va boshqa
xodimlar bilan o'zaro aloqada bo'lishi mumkin. Tahlilchilarning hech biri, kompaniya, uning direktorlari va xodimlari ushbu
Hisobotdan yoki uning mazmunidan har qanday foydalanish natijasida yuzaga keladigan yoki ushbu Hisobot bilan
bog'liq holda yuzaga keladigan har qanday yo'qotishlar uchun hech qanday tarzda javobgar bo'lmaydi. Har bir tahlilchi
va/yoki unga aloqador shaxslar ushbu Hisobotga muvofiq choralar ko‘rishi yoki ushbu Hisobotda keltirilgan
ma’lumotlardan, shuningdek, ushbu Hisobot tuzilgan tahliliy ish natijalaridan foydalanishi mumkin (bo‘lishi mumkin). Ushbu
hujjatda ko'rsatilgan ma'lumotlar har qanday sotib oluvchi yoki boshqa shaxs tomonidan qimmatli qog'ozlarga nisbatan
investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun asos bo'la olmaydi. Ushbu Hisobot kompaniya biznesi, uning aktivlari yoki
qimmatli qog'ozlari qiymatini baholash emas. Olingan mukofotning hech bir qismi ushbu Hisobotda taqdim etilgan aniq
tavsiya(lar) yoki fikr(lar) bilan bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'lmagan, bog'lanmagan yoki bog'liq bo'lmaydi.
Tahlilchilarning ish haqi “KAPITAL-DEPOZIT” MChJ mijozlari bo‘lgan investorlarga imtiyozlar berishga qaratilgan faoliyat va
xizmatlarga qarab belgilanadi. “KAPITAL-DEPOZIT” MChJning barcha xodimlari singari, tahlilchilar ham “KAPITAL-DEPOZIT”
MChJ rentabelligiga qarab haq oladilar, bu kompaniya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa
faoliyatdan olingan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Tahlilchilar yoki ularning filiallari yoki boshqalar kompaniyaning
sotuvga qo'yilgan qimmatli qog'ozlari bo'yicha anderrayting guruhining a'zolaridir yoki bo'lishi mumkin. Tahlilchilar
kompaniyaning qimmatli qog'ozlarini kelgusida ommaviy joylashtirishda qatnashish huquqiga ega.
Ushbu Hisobotda keltirilgan har qanday mulohazalar yoki fikrlar ushbu Hisobot nashr etilgan paytda dolzarb hisoblanadi.
Agar ushbu Hisobotning sanasi eskirgan bo'lsa, qarashlar va mazmun tahlilchining hozirgi fikrini aks ettirmasligi mumkin.
Ushbu ma'lumot moliyaviy yoki tijorat xarakterdagi joriy voqealarning to'liq xulosasi emas va shuning uchun
foydalanilmasligi kerak.
“Kapital-Depozit” MChJ O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bozori professional
ishtirokchisining quyidagi litsenziyalari asosida faoliyat yuritayotganligi haqida xabar beradi: brokerlik va depozitarlik
faoliyati uchun 27.04.2015-yildagi 1196-son; investitsiya maslahatchisi faoliyatini amalga oshirish uchun 27.04.2015 yildagi
1197-son; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun 2017-yil 29-dekabrdagi
1296-son.

Yüklə 4,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin