Imtihon materiallari va tavsiyalar Respublika ta‟lim markazi qoshidagi
ilmiy-metodik kengashlar
tomonidan muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
Imtihon materiallarini kоʻpaytirib tarqatish taqiqlanadi.
Maktab metodbirlashmalari imtihon biletlariga 15% hajmda оʻzgartirishlar
kiritishi mumkin.
Informatika va axborot texnologiyalari
Tuzuvchilar:
Sh.Ishmurodov-RTM “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
metodik ta’minlash” bo’limi boshlig’i
A.Abdullajanov-RTM “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
metodik ta’minlash” informatika
fani metodisti
Taqrizchi:
G.Xakimova- Yunusobod tumani 260-maktab informatika fani o‘qituvchisi
BIOLOGIYA
Tuzuvchi:
S.Niyazova - Respublika ta’lim markazi, biologiya fani metodisti
TARIX 10-SINF
Tushuntirish xati
“Tarix” fanidan bosqichli attestatsiya imtihonlari
uchun taklif etilayotgan
mazkur topshiriqlar umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida
tayyorlangan. Ushbu topshiriqlar biletlarda aks ettirilgan bo’lib, har bir biletda to’rt
yo’nalishdagi mavzu asosida to’rttadan savol beriladi:
Topshiriqlar quyidagi
mazmunda tuziladi.
1.Qadimgi dunyo tarixi fanida o’rganilgan biror-bir joy nomi bilan bog’liq
bo’ladi.
2.Qadimgi dunyo tarixi fanida o’rganilgan tarixiy me’moriy inshootlardan
biri beriladi.
3.Qadimgi dunyo tarixi fanida o’rganilgan atamalarga izoh beriladi.
Izoh:
har bir yo’nalish bo’yicha ballar yaxlitlanib (Bunda yaxlitlangan ball
4,5 dan past bo’lsa – 4 baho, yuqori bo’lsa – 5 baho. Masalan: 5+4+5+1=15:3=5
yaxlitlansa 5 baho, 4+4+5+1=14:3=4,6 yaxlitlansa 4 baho), yakuniy attestatsiya
imtihoni sinovining yakuniy bali qo’yiladi.
O’quvchilarga bilet olganlaridan keyin tayyorgarlik ko’rishlari uchun 15
daqiqa vaqt beriladi. Imtihon savollariga maktab metodbirlashmasi
qarori bilan
tuzatishlar, qo’shimchalar va takliflar kiritilishi mumkin. Imtihon topshirish
jarayonida o’quvchi o’z fikrini faqat darslik
materiallari asosida emas, balki
boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin. Shuningdek, tarix
fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinf va maktablarda imtihon biletlari 4 ta
savoldan iborat bo’ladi. Tarix fani chuqurlashtirib o’qitiladigan
sinf va
maktablarning imtihondagi to’rtinchi savollari o’qituvchi tomonidan tuzilib,
maktab metod birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi. To’rtinchi
savol yuzasidan
baholash mezoni ham maktab metod birlashmasi tomonidan shakllantiriladi.