Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak.

Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.
Keynsning makroiktisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 1936 yili ingliz iktisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iktisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iktisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi.

Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iktisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iktisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy okibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik. Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi. Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi. Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi