Qurbonlikning ta’rifi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/31
tarix08.08.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#63050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kasbiy amaliy imtixon savolliklari

Qurbonlikning ta’rifi


Qurbonlik Alloh Taologa yaqinlik hosil kilish uchun so‘yiladigan jonliqdir. Qurbonlik bir nechta xil bo‘ladi: Qurbon xayiti kuilari so‘yiladigan vojib qurbonlik, nazr qurbonlik, aqiqa qurbonlik, xadiy (xajda so‘yiladigan) qurbonlik. Quyida xar bir tur qurbonlik xaqida batafsil to‘xtalamiz.

Vojib qurbonlik

Uning hukmi


Qurbonlik qilish hanafiy ulamolar nazdida qurbon bayrami kunlarida qarzidan va asosiy extiyojlaridan boshqa 20 misqol (80.18gr) oltin yoki shu qiymatdagi pul yoki mol-mulkka ega bo‘lgan odam (erkak, ayol, balog‘atga yetmagan go‘dak, aqli zaif bo‘lsa xam) zimmasidagi vojib amaldir. Balog‘atga yetmagan va aqli zaiflarning molidan valiysi qurbonlik qiladi. Zakotda molning nisobga yetishidan tashqari, uning tijorat moli bo‘lishi va bir yil davomida kamaymasdan turishi shart qilinadi, qurbonlikda esa bu shartlar yo‘q. Odamning yashayotgan uyi (garchi bu uy o‘ziniki bo‘lmasa ham), kerakli uy ashyolari, libosi, ulovi, ish qurollari va shunga o‘xshagan narsalari asosiy ehtiyoji deyiladi (masalan: yashab turgan uyidan tashqari nisob miqdoriga teng yoki nisobdan ortiq, mulk sifatida olib qo‘yilgan uy-joyi yoki yeri bo‘lgan muqim musulmonga qurbonlik vojib bo‘ladi). Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun vaqtning oxiriga e’tibor qilinadi. Ya’ni Qurbon hayitining uchinchi kuni quyosh botishidan oldin Boy bo‘lgan odam qurbonlik so‘yishi vojib bo‘ladi. Aksincha, o‘sha kuni quyosh botishidan oldin kambag‘al bo‘lgan yoki o‘lgan kishidan qurbonlik majburiyati ketadi.
Ba’zi olimlar insonning moli nisobga yetish-yetmasligidan qat’iy nazar, agar u qurbonlik qilishga qodir bo‘lsa va shu ish sababli qiynalib qolmasa, unga bu amal ta’kidlangan sunnatdir, deydilar. Ayrimlar qurbonlik qilishni xatto farz ham deganlar. Bu hukmlar Alloh Taoloning quyidagi so‘ziga asoslanadi: "Rabbingiz uchun namoz o‘qing va jonliq so‘ying" ("Al-Kavsar" surasi, 2-oyat).
Qurbonlik qilishning vaqti Qurbon xayitining birinchi kuni tong boshlanishi bilan boshlanadi va uchinchi kuni quyosh botishigacha davom etadi. Lekin xayitning birinchi kuni so‘yilishi afzalroq. Shaxarda va xayit namozi o‘qiladigan joylarda qurbonlikni xayit namozidan keyin so‘yish shartdir. Biroq xayit namozi o‘qilmaydigan joylarda xayit kuni tong ota boshlashi bilan so‘yilishi mumkin.

Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Kim namozdan ilgari jonliq so‘ygan bo‘lsa, yana qayta so‘ysin" (Muttafaqun alayhi). Abu Ayyub al-Ansoriy rivoyat qiladilar: "Kishi Payg‘ambar alayhissalom zamonlarida o‘zi va oila a’zolari nomidan bir qo‘y qurbonlik qilar edi" (Termiziy rivoyatlari).

Fazilati


Qurbonlik qilishning ulug‘ amal ekaniga Payg‘ambar alayhissalomning quyidagi hadislari guvohlik beradi: "Qurbonlik kunlari Odam bolasi qiladigan amallar ichida qon oqizishdan (jonliq so‘yishdan) ko‘ra Allohga mahbubroq amal yo‘qdir..." (Ibn Moja va Termiziy rivoyatlari, hasan hadis). Yana Payg‘ambar alayhissalomdan: "Qurbonlik o‘zi nima?", - deb so‘rashganda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "U otalaringiz Ibrohim alayhissalomning sunnatidir", - deb javob berdilar. "Undan bizga qanday ajr bor?", - deyishganida esa, u zot: "Har bir tuki uchun bittadan yaxshilik berilur", - dedilar... (Ibn Moja va Termiziy rivoyatlari).
Hadislarda bu dunyoda qurbonlik uchun so‘yilgan jonliqning qiyomat kuni Sirot ko‘prigidan o‘tar paytda hozir bo‘lib, egasini o‘zining ustiga mindirishi va Sirotdan olib o‘tishi aytilgan.

Hikmati


Qurbonlik qilishdagi hikmatlar haqida gapirganimizda, ulardan quyidagilarni eslashimiz lozim:
a) Islom shiorlarini ulug‘lash; Din shiorlarini hurmat qilish va ulug‘lash iymon alomati bo‘lib, bu ish tufayli Islom mustahkamlanadi, musulmonlarning iymonlari ziyodalashadi.
b) Bu amal orqali Allohga yaqinlik hosil qilish; Zero, Alloh Taolo: "Rabbingiz uchun namoz o‘qing va jonliq so‘ying", - deb buyurgan.
v) Tavhid ahlining imomi Ibrohim alayhissalom sunnatlarini tiriltirish; Alloh Taolo u zotga o‘z o‘g‘illari Ismoilni qurbonlik qilishni vahiy qildi. So‘ng Ismoilning o‘rnilariga bir qo‘chqorni evaz qilib berdi. U zot o‘g‘illari o‘rniga o‘sha qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Alloh dedi: "Uni biz ulkan qurbonlik evaziga almashtirib oldik" ("As-Saffot" surasi, 108-oyat).
g) Hayit kuni ahlu oilaga mo‘l-ko‘lchilik yaratib berish hamda faqir va miskinlarga nisbatan mehr-shafqat tuyg‘ularini ommalashtirish;
d) Chorva hayvonlarini bizga bo‘ysundirib qo‘ygani uchun Allohga shukrona bajo qilish; Alloh Taolo deydi: "...Bas undan yenglar hamda faqir va hojatmandni rizqlantiringlar. Uni sizlarga mana shunday bo‘ysundirib qo‘ydik, shoyadki shukr qilsangizlar. Allohga hargiz uning go‘shti ham, qoni ham yetmas. Lekin Unga sizlar tarafingizdan bo‘lgan taqvo yetur…" ("Al-Haj" surasi, 36-37-oyatlar).

Ahkomlari


Alloh yo‘lida qurbonlik qilish qo‘y, echki, mol va tuya kabi hayvonlardan birontasini so‘yish orqali amalga oshiriladi. Qurbonlik qilish uchun tanlangan qo‘yning bir yoshga to‘lgan bo‘lishi shart. Buni arab tilida "jaza’" deydilar. Qo‘y sovliq yoki qo‘chqor bo‘lishi mumkin. Qo‘chqor bo‘lishi afzal sanaladi. Ma’lumki, qo‘y 6 oyda bir yoshga to‘ladi. Shuning uchun uni olti oyda bir yosh deb e’tibor qilinadi. Qo‘ydan boshqa echki, sigir, buqa va tuyalarga kelsak, ularning qurbonlikka yaroqli bo‘lishi uchun "saniy" bo‘lishi shart qilingan. "Saniy" mazkur hayvonlarning yoshini belgilaydigan me’yor bo‘lib, u echkining to‘liq bir yoshga kirib, ikkiga qarab ketganidir. Sigir va buqalarda ikki yoshga to‘lib uchga o‘tgani, tuyada to‘liq to‘rt yoshga kirib beshinchi yilga o‘tgani "saniy" bo‘ladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: "So‘ysangiz faqat "musinna"ni so‘yinglar. Agar bu sizlarga og‘irlik qilsa, unda qo‘ydan "jaza’" so‘yinglar". (Muslim rivoyatlari). Hadisni sharh qilgan olimlar "musinna" deganda chorva hayvonlarning "saniy"si tushuniladi, deydilar. Saniyning nima ekanini hozir aytib o‘tdik. Qo‘y, echkini faqat bir kishi qurbonlik qiladi. Tuya va molni yetti kishi sherik bo‘lib qurbonlik qilishi mumkin. Yetti kishidan oshmaslik sharti bilan sheriklarning toq yoki juft bo‘lishlarining aslo farqi yo‘q. Xo‘roz, tovuq, kurka va g‘oz kabi uy parrandalari hamda go‘shti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so‘yilishi mumkin emas.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin