Qurbonlikning ta’rifi


Qurbonlik go‘shti va terisi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/31
tarix08.08.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#63050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kasbiy amaliy imtixon savolliklari

Qurbonlik go‘shti va terisi


Qurbonlik go‘shtining hammasini kambag‘allarga sadaqa qilib berish yoki o‘zi va bolalari uchun olib qolishi joiz bo‘lsada, maqbul bo‘lgani qurbonlik go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini faqirlarga sadaqa qilib tarqatmoq, bir qismini boy bo‘lsa ham qo‘shnisi va yaqinlariga ikrom qilmoq, bir qismini ro‘zg‘ori uchun ayirmoqdir. Agar qurbonlik qiluvchi bolajon, serfarzand va moddiy ahvoli ham o‘rtacha bo‘lsa, go‘shtning hammasini ularning yeyishi uchun olib qolishi mustahabdir (faqat qurbonlik qilishda niyati go‘sht bo‘lib qolmasligi kerak).
Qurbonlik go‘shtidan musulmon bo‘lmagan shaxsga ham ehson qilib bermoq joizdir.
Qurbonlikning so‘yilgan joyidan boshqa joyga (bir shahardan boshqasiga...) ko‘chirilishi tanzixan makruhdir. Lekin kishining uzoqdagi qarindoshlariga yoki yanada muhtojroq bo‘lganlarga yuborishida zarar yo‘qdir.
Qurbonlik bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham so‘yilgan hayvonning yeyilishi mumkin bo‘lmagan (makruh) a’zolari:
1. Oqqan qoni;
2. Erkaklik jinsiy olati (zakar);
3. Urg‘ochilik jinsiy a’zosi;
4. Tuxumlari;
5. Siydik xaltasi;
6. Bezlari;
7. O‘t pufagi.

Aqiqa qurbonligi


Yangi tug‘ilgan chaqaloq sochiga Aqiqa deyiladi. Allox Taolo farzand berganiga shukur sifatida so‘yiladigan qurbonlikka xam “Aqiqa” nomi berilgandir. Aqiqa uch imomga ko‘ra sunnat Xanafiylarga ko‘ra mubox va go‘zal amaldir.
Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Aqiqa yettinchi yoki o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kuni so‘yiladi”, deganlar (Bayhaqiy “As-sunanul kubro”da, Tabaroniy “Avsat”da rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih). Shu kuni farzandning sochlari xam olinib, sochiga teng miqdorda oltin yoki kumush sadaqa qilinadi. Qurbonlikka yaroqli xayvon aqiqaga xam yaroqli bo‘ladi. Xo‘roz, tovuq, kurka va g‘oz kabi uy parrandalari hamda go‘shti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so‘yilishi mumkin bo‘lmaganidey Aqiqa uchun xam so‘yilishi mumkin emas.
Aqiqa qilishga qudrati yetmagan odam qarz olib bo‘lsa ham aqiqa qilishi kerak, degan gap yo‘q shariatimizda. Aqiqa jonlig‘ini so‘ygandan keyin tadbir uyushtirib odamlarga tarqatish shart emas, balki bunda muhimi jonliqning so‘yilishidir. Uni qay tartibda tarqatish odamning o‘ziga bog‘liq: xohlasa, go‘shtini qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘larga, yana kambag‘al-bechoralarga tarqatsin, xohlasa, dasturxon yozib, odamlarni mehmonga chaqirish ham mumkin. Ammo bundan ko‘ra eng haqdor odamlarga tarqatish afzal. Sababi oshga qorni to‘q va boy kishilar ham keladi. Nochorlar esa doim ham tadbirlarga taklif etilavermaydi. Masalaning shu tomonini inobatga olish kerak.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin