Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarni o’rganishning asosiy tamoyillari:
O’zbekistondagi mavjud ijtimoiy stratalarning milliy mentaliteti, regional-hududiy xusuiyatlarini e‘tiborga olish;
Stratalar tarkib topishiga ta‘sir ko’rsatuvchi siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy, diniy – konfessional, mafkuraviy omillarni o’rganish;
Stratalar tarkib topishiga ta‘sir
ko’rsatuvchi siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy,
diniy – konfessional, mafkuraviy omillarni
o’rganish;
2- savol:Yoshlar sotsiologiyasi haqida tushuncha.
2012 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi aholisi 28 milliondan oshib ketdi. Aholining 65 foiziga yaqini 18 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. 7 millioni esa o’quvchilar; 9,7 milioni 16 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi.
Ushbu keltirilgan statistik ma‘lumotlardan ko’rinib turibdiki, yoshlar bilan bog’liq bo’lgan masalalar jamiyat hayotida naqadar jiddiy va dolzarbdir.
2.Yoshlarning o’ziga xos turmush tarzini tahlil qilish va o’rganish. Bunda yoshlarning ijtimoiy holati, hayot kechirish tarzi va uning rivojlanishini nazariy va emperik jihatdan o’rganish.
3.Yosh avlodni har jihatdan rivojlanib borishini tahlil qilish. Mavjud ijtimoiy – iqtisodiy shart-sharoitni, muhitni o’zgarishi oqibatida avlodlar o’rtasida doimo muayan rivojlanish ro’y beradi. Shu sababli, keksa avlod bilan yoshlar o’rtasida o’zaro ziddiyat vujudga keladi. Ko’pincha yoshlarning manfaat va qiziqishlari, faoliyati, tashqi ko’rinishi (moda) keksa avlodda norozilik, e‘tiroz to’g’diradi.
4.Yoshlarga tabaqaviy jihatdan yondashish. Bu metodologik tamoyil yoshlarni turli tabaqalardan iborat guruhlarga ajratib o’rganish. Yoshlar o’rtasida jamiyat ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli ta‘sir ko’rsatuvchi yoshlar guruhlari: talabalar, yosh olimlar, ishchilar, fermerlar, tadbirkorlar, san‘atkorlar, savdogarlar kabi guruhlar salmog’i ortib borayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, ishsiz yoshlar, bekorchi-sayoq, giyohvand, jinoyatchi kabi yoshlar jamiyat hayotida salbiy ahamiyat kasb etmoqda.
Sotsiologiyada yoshlik bolalik davridan so’ng ulg’ayish davrigacha bir necha bosqichlarga ajratilib ko’rsatiladi.
Masalan, yoshlikning dastlabki, qo’yi chegarasi 14-16, yuqori chegarasi esa 25-30 yoshlarni o’z ichiga oladi. 20 yoshgacha bo’lgan yoshlarda asosiy muammo, ularning kasb tanlashi, ma‘lumot olishi va hayotga mustaqil qadam qo’yishi bilan bog’liq muammolarni o’z ichiga oladi.
Buyuk faylasuf shoir Bedilning shunday hikmatli fikri ham bor: «Bino poydevorining birinchi toshi qiyshiq qo’yilsa, binoning boshi yulduzlarga yetsa ham u qiyshiq bo’lib qolaveradi».