Stratifikatsiya (lotincha stratum – qatlam va fatsio - bajaraman) ma‘nosini anglatadi.
G’arb sotsiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri va maxsus sohasi bo’lib, jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganligini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifodalaydi.
Zamonaviy jamiyatlarda stratifikatsiya nazariyalari bo’yicha M.Veber, Erik Olin Rayt, Frenk Parxinlar keng shug’ulanishgan.
STATUS (MAVQE) NIMA?
Veber fikricha status tushunchasi turli ijtimoiy guruhlarning jamiyatda turli darajada obro’ga ega bo’lishi bilan bog’liq. Muayyan mavqeni boshqalardan ajratib turadigan xususiyatlari sinfiy bo’linishiga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarib turishi mumkin. Ijtimoiy obro’ ham ijobiy, ham salbiy bo’lishi mumkin.