O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/7
tarix10.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#83736
  1   2   3   4   5   6   7
Tashkiliy xulq fan sillabusi 2022 yangi (1) — копия


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI

Rо‘yxatga olindi:
№________________

2022 yil “___” _______”




TASDIQLAYMAN”
О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor
____________ Bozorov O.N.
“____” ____________ 2022 yil










TASHKILIY XULQ


FAN SILLABUSI



Bilim sohalari:

400 000

– Biznes, boshqaruv va huquq







Ta’lim sohalari:

410 000

– Boshqaruv va huquq










Ta’lim yo‘nalishlari:

60411200

– Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)


















Qarshi – 2022 yil
Fanning sillabusi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Kengashida kо‘rib chiqilgan va 2022 yil “___” avgustdagi “___” - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchilar:



Shomurodov Sh.Sh. -“Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi assistenti.


Fanning sillabusi «Biznes va innovatsion menejment» kafedrasining 2022 yil 22 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida muhokamadan о‘tgan va “Iqtisodiyot” fakulteti Uslubiy Komissiyasida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


«Biznes va innovatsion menejment»
kafedrasi mudiri: ____________ i.f.f.d Raximov A.N.

Fanning sillabusi “Iqtisodiyot” fakulteti Uslubiy Komissiyasida (bayon № 1, 2022 yil 24 avgust) va institut Uslubiy Kengashida (bayon №____, _______ 2022 y.) muhokama etilgan va о‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan.


О‘quv- uslubiy boshqarma boshlig‘i ________ dotsent SH.Turdiyev.
Fakultet uslubiy komissiyasi raisi ________ dotsent A.B.Qurbonov
Tashkiliy xulq” fani sillabusi



Fan (modul) kodi
ORGBEH6

O’quv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS krediti
6

Tanlov fani



Fan (modul) turi



Ta’lim tili
O’zbek

Haftalik dars soati
4




Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soati)

Mustaqil ta’lim

Jami yuklama




Tashkiliy xulq

60

60

120

Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Laboratoriya

Mustaqil ta’lim

Jami

30

30

0

60

120




Kafedra nomi

Biznes va innovatsion menejment

O‘qituvchilar

F.i.sh.

Telefon nomeri

e-mail

Ma’ruzachi

Shomurodov Sherali Shuxratovich

97 
222 41 82

sherali.islomjon@mail.ru

Amaliy mashg‘ulot

Shomurodov Sherali Shuxratovich

97 
222 41 82

sherali.islomjon@mail.ru



Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Prerekvizitlar:
Fan uchun mas’ul kafedra: “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi
Kafedra joylashgan joyi: QMII, 8-o‘quv binosi, 212-xona
Talabalarni qabul qilish vaqti: Darsdan tashqari vaqtda talabalar fan o‘qituvchisi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochta yoki telegramm akauntiga xat bilan murojaat qilib uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.


I. Fan tavsifi
“Tashkiliy xulq” fanida insonning tashkilotda o‘zini tutishi, inson va tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning mohiyati va xususiyatlari, insonni shaxs sifatida jamoada shakllanishi va unga ta’sir etuvchi omillar tadqiq qilinadi, muloqot odobi va ish yuzasidan muzokaralar olib borishning asosiy qoidalari tushuntiriladi, bu fan ikkinchi kursning ikkinchi semestrida o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu fanning maqsadi talabalarga tashkiliy xulqning asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o‘rgatish, ularning etuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan bilimlari asosida o‘qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlash, yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iborat. Fan mazmunini anglab etish - talabalarning shaxsiy fikrlash qobiliyatini oshirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini baholash va fikrlash jarayonlarini o‘rganish usullari kabi jihatlar uchun muhimdir.
Fanning asosiy jihati - tashkiliy xulqning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganish, talabalarda insonning tashkilotda o‘zini qanday tutishi, inson va tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tashkilotda sog‘lom ruhiy muhitni yaratish malakalarini shakllantirishni tadqiq qilishdir. Shu sababli fanda insonning tashkilotda o‘zini tutishi, inson va tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning mohiyati va xususiyatini, insonni shaxs sifatida jamoada shakllanishi va unga ta’sir etuvchi omillarni, muloqot odobi va ish yuzasidan muzokaralar olib borishning asosiy qoidalarini, tashkiliy xulqning motivatsion asoslari, tashkilotda menejerning xulqi, nizo va stresslarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari va usullarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin