Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi


Shahar xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishda kommunal xo‘jaligining o‘rni



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#183742
1   2   3   4   5   6   7   8
Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi

1.2 Shahar xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishda kommunal xo‘jaligining o‘rni
Uy-joy kommunal xo‘jaligi — bu murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, u aholi hayotiy ehtiyojlarini qondiradi. Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tegishli boigan korxona va tashkilotlar tomonidan aholi turmushida gaz, suv, issiqlik energiyasi kabi zarur bo‘lgan resurslar yetkazib berilishi bilan birga ularda katta miqdordagi mehnatga layoqatli aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi.
Uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi aholi turar joylari, ma’muriy va ishlab chiqarish binolari, noishlabchiqarish va ijtimoiy sohada foydalanilayotgan binolar, inshootlar, hududlar va uzatuvchi magistrallarga xizmat ko'rsatuvchi, foydalanishni tashkil etuvchi, qurilish-ta’mirlash, transport, energiya ishlab chiqaruvchi va boshqa turli tovar va xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashkil topgan, keng qamrovli faoliyatining pirovard natijasi inson hayot faoliyatini tashkil etuvchi, shahar infratuzilmasini rivojlantiruvchi va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi soha hisoblanadi.
Uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimining o‘ziga xos xususiyati uning ko‘p tarmoqliligi va turli-tuman xizmatlardan tashkil topganligidadir. Ko‘p soha va tarmoqlardan tashkil topgan uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi o'z navbatida, turli tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asosdagi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish sohasi korxona va tashkilotlariga xizmat ko‘rsatadi, ular faoliyatini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uy-joy kommunal xo‘jaligi aholini farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ekan albatta, aholi yashaydigan shahar va qishloqlarda turli xildagi kommunal xizmatlarga ehtiyoj mavjud bo‘ladi. Doimiy yashash joylarida aholi sonining ko‘payib borishi o‘z navbatida komm unal xizmatlarga ehtiyojning ortib borishiga olib keladi. Masalan, hozirgi kunda chekka hududlarda joylashgan kichik qishloqda faqat elektr energiyasi ta’minoti tashkil etilgan, qishloq joylari va aholi yashash markazlarida (posyolkalar) elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti tizimi faoliyat ko'rsatsa, shaharlarda esa kommunal xizmatlarning turli-tuman shakllari mavjud. Kommunal xo'jalik tizimi va kommunal xizmatlarning tashkil etilish darajasi aholiga farovon yashash uchun yaratilgan shart-sharoitni ko‘rsatadi. Aholi sonining ko‘payib borishi ma’lum hudud chegaralarining kengayib borishiga, kommunal xizmatlar tizimining takomillashib borishiga va vaqt o ‘tishi bilan qishloq joylarining aholi yashash markazlariga, aholi yashash markazlarining esa shaharlarga aylanishiga olib keladi.

Uy-joy kommunal xo'jaligi tizimi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, ko'rsatadigan xizmat turlaridan kelib chiqib, asosan quyidagi guruhlarga bo'linadi:


1) Uy-joy majmuasiga xizmat ko'rsatish va uy-joy fondini ta’mirlash-qurilish tashkilotlari;
2) Issiqlik energiyasi ta ’minoti xo'jaligi;
3) Gaz ta’minoti xo'jaligi;
4) Elektr energetika ta ’minoti va ko'chalarni yoritish xo'jaligi;
5) Suv ta’minoti va oqova-quvur xo'jaligi;
6) Muxandislik tizimlari va inshootlari (lift, havoni shamollatish - sovitish va boshqalar)ga xizmat ko'rsatish korxonalari.
Uy-joy kommunal xo'jaligi shahar xo'jaligining asosiy qismini tashkil etib, shahar xo'jaligi infratuzilmasida uy-joy kommunal xo'jaligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan va kommunal xo'jaligi tizimining ajralmas qismi hisoblanuvchi sohalarga quyidagilar kiradi:
1. Yo'l xo'jaligi va shahar aholi tashish transporti;
2. Aloqa xizmati va muhandislik kommunikatsiyalari, xabar beruvchi va yong'in xavfsizligini ta'minlovchi xizmatlar;
3. Ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
4. Sanitariya-gigiyena va ekologik himoyani ta’minlash hamda nazorat qilish xizmatlari;
5. Istirohat bog'lari, xiyobonlar, cho'milish havzalari va basseynlari;
6. Haykallar va tarixiy obidalarni saqlash;
7. Mehmonxona xo'jaligi;
8. Hammom xona va kir yuvish xo'jaligi;
9. Ijtimoiy soha va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari.
Aholiga bevosta shartnoma asosida ko‘rsatilayotgan xizmat turlari tarkibidan kelib chiqib kommunal xo‘jaligi tizimi tashkilotlari asosan 8 guruhga bo‘linadi (1.1-rasm).

Ishlab chiqarish kuchlari, turar joy hududlari va transport tizimlarining joylashishi kommunal xo'jaligi korxonalarining tashkil etilishi va samarali faoliyat ko'rsatishga ta’sir qiladi. Shu sababli har bir shaharda o'ziga xos kommunal xo'jaligi tizimi shakllanadi. Mazkur tizim faoliyati samaradorligini oshirish joylarda boshqaruv mexanizmining tashkil etilganligiga bog'liq bog'ladi. Amaliyotda kommunal-xo'jaligi tizimi faoliyati mahalliy hokimiyat tomonidan koordinatsiya qilinadi. Har bir shahar, tuman hokimiyati huzurida uy-joy kommunal xo'jaligi sohasi faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi xizmatlar faoliyat ko'rsatadi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin