Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi


KOMMUNAL XO‘JALIGI KORXONALARINING AYIANMA MABLAG‘LARI VA XOMALIK FAOLIYATINI BAHOLASHNING SIFAT KO'RSATKICHLARI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/8
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#183742
1   2   3   4   5   6   7   8
Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi

3. KOMMUNAL XO‘JALIGI KORXONALARINING AYIANMA MABLAG‘LARI VA XOMALIK FAOLIYATINI BAHOLASHNING SIFAT KO'RSATKICHLARI.
3.1 Kommunal xo‘jaligi korxonalarida aylanma mablaglarnirig tarkibiy tuzilishi va ularning korxona faoliyatiga ta’siri
Kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalar faoliyati xarakteridan kelib chiqib ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga ko'rsatiladigan xizmatlar turi bo'yicha monopol hisoblanuvchi (elektr energiyasi, gaz, issiqlik energiyasi, suv ta’minoti) korxonalari kirsa, ikkinchi guruhga erkin raqobat muhitida tashkil etilishi mumkin bo'lgan xizmatlarni ko'rsatuvchi korxona va tashkilotlar (qurilish va ta’mirlash, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, sanitariya va tozalikni ta’minlash va boshqalar) kiradi. Ikkinchi guruh korxonalarining iqtisodiy faoliyati, shu jumladan aylanma mablag'lari tarkibi iqtisodiyotning boshqa tarmoq korxona va tashkilotlaridan deyarli farqlanmaydi. Bunday korxonalarning iqtisodiy faoliyati «Korxona iqtisodi» fanida yoritilgan. Monopol xizmatlarni ko'rsatuvchi kommunal xo'jaligi korxonalarida iqtisodiy mexanizm boshqa tarmoqlar korxonalaridan keskin farqlanadi. Shu jumladan aylanma mablag'lar tarkibi boshqa korxorialarnikidan farqlanib, ularning hajmi ko'rsatilayotgan kommunal xizmat turi bilan bog'liq bo'ladi. Aylanma mablag'lar korxonaning aylanma fondlari va m uomala fondlarini tashkil etadi, shu sababli faoliyati energiya sotib olish va uni uy-joy xo'jaligiga yetkazib berish bilan bog'liq bo'Igan korxonalarda aylanma mablag'lar ulushi korxona salohiyatining asosini tashkil etadi. Aylanma mablag'lar xizmat ko'rsatish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Aylanma mablag'lar korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi bo'lib, doimiy harakatdagi energiya resurslari, xom ashyo, yoqilg'i, yordamchi va boshqa materiallar shakliga, shuningdek, hisob raqamidagi va g'aznadagi pul mablag'lari shakliga o'tib turadi. Pul mablag'lari korxona faoliyati davomida turli shakllarga aylanib, u tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatiarni amalga oshirish, ishchi-xodimlar mehnatiga haq to'lash va boshqa korxona faoliyati bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun sarflanadi. Korxonalarning aylanma mablag'lari aylanma fondlar va muomala fondlariga bo'linadi. Korxonaning aylanma fondlari korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo'lib, bitta ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o'zgartirib, o'z qiymatini to'lig'icha ko'rsatilgan xizmat tannarxiga o'tkazadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiga yoqilg'i va energetika resurslari, xom ashyo va materiallar zahirasi, ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin. Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun m o'ljallangan pul mablag'lari, shuningdek, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank hisob raqamlaridagi va kassadagi pullar va qimmatli qog'ozlardan iborat bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kommunal xizmati ko'rsatuvchi korxonalar faoliyatini ta’m inlashda aylanma mablag'lardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
— yetkazib beriladigan elektr energiyasi, gaz, yoqilg'i resurslar uchun haq to'lash;
— xizmat ko'rsatish quvurlari va tizimlari faoliyatini ta ’minlash bilan bog'liq xarajatlarni qoplash;
— xom ashyo, material, ehtiyot qismlar h a m d a xizmat ko'rsatishni tashkil qilishda zarur bo'Igan boshqa m ehnat predmetlarini olish;
— ish haqi to'lovlarini amalga oshirish;
— soliq va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash;
Kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalarning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxona va tashkilotlaridan asosiy farqi aylanma fondlari va ulardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va m uom ala fondlari o ‘rtasidagi nisbat korxona aylanma mablag‘larining tuzilmasini ko‘rsatadi. Kommunal xo‘jaligi korxonalarida aylanma fondlarning asosiy va salmoqli qismi energiya resurslarini sotib olish va ularni aholiga yetkazib berish (sotish) jarayonida band bo'ladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasida turli guruhlarning nisbati foizlarda ifodalanadi. 10.1- chizmada korxona aylanma mablaglarining taxminiy (namunaviy) tuzilmasi ko'rsatilgan. Chizmadan ko‘rish mumkinki, kommunal xo'jaligi tashkilotlarida aylanma ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini energiya resurslarini sotib olish va aholiga sotish bilan bog‘liq xarajatlar tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yetkazib berilayotgan energiya resurslari (ko'rsatilayotgan kommunal xizmatlar) uchun to'lovlarning aholi tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilishi korxonada aylanma mablag‘lar tezroq akkumilyatsiya qilish (yig‘ish) va xizmat ko‘rsatishning yangi sikliga safarbar etish imkonini beradi va aksincha ko'rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning kechiktirilishi aylanma mablaglarning bir qismini aholida ushlanib qolishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, resurslarni «bog‘lab» qo‘yadi. Shu sababli aylanma m ablag‘larning aylanish tezligi korxona aylanma fondlari hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma m ablag‘lar hajmini optimallashtirish m ablag'larning aylanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat kommunal soha korxonalarida, hattoki bir korxonaning o'zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga xizmat ko'rsatish jarayonida turli xildagi energiya resurslari, xom ashyo va materiallar, xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo'lishi mumkin.

Korxonalar aylanma mablag'lari tarkibi va tuzilmasiga xo'jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko'rsatadi.


Kommunal xizmatlarning uzluksiz amalga oshirilishi sababli korxonalarning aylanma mablag'lari bir vaqtning o'zida turli ko'rinishda ham pul mablag'lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar ko'rinishida mavjud bo'ladi. Korxonaning aylanm a mablag'lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko'zda tutishi ham m uhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag'lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag'larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin