Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi


UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI TIZIMIDA BAHONI SHAKLLANTIRISH VA KOMMUNAL XIZMATLARDAN FOYDALANISH ME’YORLARI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/8
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#183742
1   2   3   4   5   6   7   8
Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi

2. UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI TIZIMIDA BAHONI SHAKLLANTIRISH VA KOMMUNAL XIZMATLARDAN FOYDALANISH ME’YORLARI
2.1 Kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalarda uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash xarajatlarining qiymatini shakllantirish
Uy-joy fondidan foydalanish va uni talab darajasida saqlash xarajatlari «Uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash xarajatlarining tarkibi» to'g'risidagi Nizomga asosan shakllantirilib, uy-joy umumiy m aydonniing 1 kv. metriga qilinadigan foydalanish xarajatlari tariflarini shakllantirish asosida tuziladi.
Uy-joyga texnikaviy xizmat ko'rsatish va ta ’mirlash tarifining miqdori, uy-joy fondining mulk shaklidan qat’iy nazar:
1. Xarajatlarning ishlab chiqarish tannarxi;
2. Davr xarajatlari;
3. Moliyaviy faoliyatga oid xarajatlardan tashkil topadi.
Xarajatlarning ishlab chiqarish tannarxi o'z ichiga:
1. Uy xo‘jaligini saqlash xarajatlari;
2. Hamma foydalanadigan joylar (xonadondan tashqaridagi xonalar, muhandislik tarmoqlari)ni joriy ta’mirlash, nosozliklarni bartaraf etish va rejalashtirilgan oldini olish ishlarini amalga oshirish xarajatlari;
3. Uy-joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxsning asosiy fondlariga kiruvchi mashinalar, uskunalar, anjomlar va boshqa mulkni to'liq tiklashga amortizatsiya ajratmalari;
4. Uy-joyning hamma foydalanadigan joylarini va uy atrofidagi hududni mukammai ta’mirlash xarajatlarini oladi. Davr xarajatlariga esa xizmatlarni sotish, boshqaruv, boshqa operatsion chiqim va zararlar kiradi.
Xarajatlarning ishlab chiqarish tannarxini hisoblab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Uy-joy fondini saqlash va ta ’mirlash tarifini shakllantirishda ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizom»ga muvofiq aniqlangan xarajatlar kiritiladi.

2. Ishlar va xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar iqtisodiy tarkibiga qarab quyidagi qismlar bo'­ yicha guruhlanadi:


— ishlab chiqarish bilan bog'liq m oddiy xarajatlar;
— ishlab chiqarish bilan bog'liq mehnatga haq to'lash xarajatlari;
— ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar;
— ishlab chiqarish bilan bog'liq asosiy fondlar va nom oddiy aktivlar amortizatsiyasi;
— ishlab chiqarish bilan bog'liq boshqa xarajatlar.
Pudrat usulida amalga oshiriluvchi joriy va mukammal ta’­mirlash xarajatlari uy-joydan foydalanish tashkilotlarining xarajatlarida qo'shilgan qiymat solig'isiz hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish bilan bog'liq moddiy xarajatlar tarkibi quyidagicha shakllantiriladi:
1. Ishlab chiarish bilan bog'liq moddiy xarajatlarga quyidagilakiradi:
a) uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash ishlarini bajarishda, xizmatlar ko'rsatishda zarur bo'ladigan, chetdan sotib olinadigan materiallar. Tannarxni xomcho't kalkulyatsiyalashda moddiy xarajatlar materiallar sarflashning belgilangan me’yorlari bo'yicha hisobga olinadi;
b) uy joy fondini yaxshi holatda saqlash va ta’mirlash uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish jarayonida foydalaniladigan, sotib olinadigan materiallar, shuningdek uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, asosiy fondlarga kirmaydigan asbob-uskunalar, moslamalar, anjomlar va boshqa mehnat vositalarining eskirishi, jom akor ham da o'zga arzonbaho buyumlarning eskirishi;
c) mazkur xo'jalik yurituvchi subyektda keyinchalik montaj qilinadigan yoki qo'shim cha ishlovdan o'tkaziladigan sotib olinuvchi butlash buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar; g) chetdan xarid qilinadigan yoqilg'ining barcha turlari;
d) xo'jalik yurituvchi subyektlarning transports bilan amalga oshiriluvchi, ishlab chiqarishga ko'rsatiladigan transport xizmatlari;
e) sotib olinadigan energiyaning hamma turlari (uy-joy fondining foydalanadigan joylarini yoritish, lift xo'jaligi hamda uy xo'jaligining uskunalari ishlashini taminlash uchun elektr energiyasi), isitish qurilmalarini yuvib tozalash va isitish mavsumiga tayyorlash uchun foydalaniladigan suv;
j) chet yuridik va jism oniy shaxslar tom onidan amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish bilan bog'liq ish hamda xizmatlar (ko'chadagi axlatlarni olib ketish, ko'p kvartirali uylarning yerto'lalariga kimyoviy ishlov berish, uy-joy fondini mukammal ta ’mirlash va b.);
Ishlab chiqarish bilan bog'liq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda:
1. Asosiy ishlab chiqarish vositalari, shu jumladan lizing bo'yicha xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang'ich (tiklash) qiymatidan ham da belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan amortizatsiya (eskirish) ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tezlashtirilgan amortizatsiya.
2. Ishlab chiqarish bilan bog'liq nomoddiy aktivlarning eskirishi (amortizatsiyasi) har oyda, xo'jalik yurituvchi subyekt hisoblab chiqargan me’yorlarda mahsulotlar (ishlar,xizmatlar) tannarxiga qo'shiladi. Bunda ularning boshlang'ich qiymati va unumli foydalanish muddati (lekin xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyat m uddatidan oshib ketmasligi kerak) inobatga olinadi. Agar nomoddiy aktivlarning unumli foydalanish muddatini aniqlashning imkoni bo'lm asa, ularning eskirish me’yorlarini besh yil qilib, ammo ko'pi bilan xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati muddati hisobida belgilanadi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin