Qurilish majmui va kapital qurulmalar samaradorligi. Reja



Yüklə 98,82 Kb.
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü98,82 Kb.
#99738
  1   2   3
Qurilish majmui va kapital qurulmalar samaradorligi. Reja


Qurilish majmui va kapital qurulmalar samaradorligi.

Reja:



  1. Qurilish, uning xalq xo’jaligida tutgan o’rni va ahamiyati.

2. Qurilish industriyasi.
3. Qurilish tizimi.
4. Kapital kuyilmalarning iqtisodiy samaradorlik kursatkichlari va ularning xisoblash tartibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Qurilish, uning xalq xojaligida tutgan o’rni va ahamiyati.


Qurilish respublikadagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan biri. Respublika iqtisodiyotida yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida solishtirma hissasiga ko’ra sanoat va qishloq xo’jaligidan keyin 3-o’rinda turadi. Yalpi ichki mahsulotning 7,8%i, xalq xo’jaligida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning 10,34% i qurilish ishlari bilan mashg’ul.
Qurilish xalq xo’jaligining barcha tarmoqlariga xizmat ko’rsatib, asosiy fondlarning qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlaydi, xalq xo’jaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o’zlashtirish, bo’sh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yordam beradi. 1
Respublikada qurilish ishlari pudrat, subpudrat va qisman xo’jalik usullarida olib boriladi. O’zbekiston Respublikasida qurilish majmuiga respublikadagi qurilishga xizmat qiladigan
barcha muassasa, tashkilot, ishlab chiqarish boshqarmalari va korxonalari, ya’ni loyihalashtirishdan tortib, bino va inshootlarni foydalanishga topshirguncha xizmat qiluvchi bosqichlar kiradi. Turli xo’jalik sohalari aloqalarining kuchayishini tarmoqlararo qurilish sanoati ta’minlaydi.
Hozirda, respublikada qurilish sanoati qishloq xo’jaligi va transport singari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qurilish sanoati zavod- fabrikalar, kon-kar’erlar, kanal-suv omborlari, yo’l-tunnellar, muassasa-korxonalar, uy-joylar va hokazolar qurishni o’z ichiga oladi.
Qurilish sanoati qurilish va doimiy kadrlar bilan ish ko’radi. Uning mahsulotlari bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan bino va inshootlardir. Bularning hammasi respublikaning jug’rofiy muhiti, joylarning iqlimi, tuzilishi, er osti suvlari, geologik va seysmik holati va boshqa omillar hisobga olinadi. Masalan, respublikamiz seysmik faol rayonda joylashganidan bino va inshootlarni 9 va 10 balli silkinishlarga bardosh beradigan qilib qurish talab etiladi.
Qurilish sanoatining mahsulotlari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va hokazolarga hamda uy-joy xo’jaligi, madaniy-maishiy, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari rivojlanishga xizmat qiladi.
Qurilish sanoati taraqqiyoti tabiiy va mehnat resurslarining jug’rofiy xususiyatlarini chuqur ilmiy tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
O’zbekistonda qurilish ishlarining muvaffaqiyati barpo etilgan qurilish tashkilotlari faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir.


Yüklə 98,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin