60
Pudrat savdolarini (tenderlarni) tashkil etish respublika boshqarmasi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Davlat idoradan tashqari ekspertiza
bosh boshqarmasining kapital qurilishda narxlarni shakllantirish mintaqaviy
markazlari negizida qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy
konsalting markazlari tashkil etish;
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining Standartlashtirish
va
sertifikatlash
boshqarmasi
negizida
xo‘jalik
hisobidagi
qurilishda
standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazini tashkil etish topshiriladi.
Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati
inspeksiyalari, qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy
konsalting markazlarining namunaviy tuzilmalari shuningdek ular to‘g‘risidagi
namunaviy nizomlar ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini joriy moliyalashtirish
davlat budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat
ekspertizasi
hududiy
boshqarmalari,
davlat
arxitektura-qurilish
nazorati
inspeksiyalari hamda qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy
konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda
qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting
markazlarini yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan narxlarni shakllantirish
masalalari bo‘yicha kerakli materiallar va axborotlar taqdim etish uchun zarur shart-
sharoitlar bilan ta’minlab boradilar.
Ushbu Qarorda investitsiya loyihalarining hujjatlarini ishlab chiqish,
ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: