Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti
4.3. Korxonani ishlab chiqarish faoliyati Iqtisodiyot rivojlanishining barcha bosqichlarida asosiy bo‘lim korxona
hisoblanadi. O‘z-o‘zini boshqaradigan sanoat korxonasi deganda, texnikaviy,
48
tashkiliy, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini o‘zi boshqaradigan ishlab chiqarish
tushuniladi. O‘z-o‘zini boshqaradigan korxona faoliyati, tayyorlangan mahsulotni
sotishi, olingan daromadni, soliq va boshqa to‘lovlarni o‘zi boshqaradi. Korxona bu
mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida uyushmalar tomonidan tashkil etadi,
jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqaradi va daromad
olish manbai hisoblanadi.
Korxona faoliyatini rejalashtirish deyilganda uning yaqin va uzoq kelajakdagi
faoliyatini belgilash, bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlarni asoslash, talab va taklifni
oldindan ko‘ra bilgan holda ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish tushuniladi.
Korxona rejasida quyidagilar belgilanadi:
− reja tuzilgan davrda korxonaning faoliyatidan ko‘zda tutilgan maqsad, bunda
ishlab chiqariladigan mahsulot turlari va ish harakteri belgilab qo‘yilgan
ko‘rsatkichlar tizimida aks ettiriladi;
− rejadagi maqsadga erishish vositalari va mablag‘lar;
− ishni bajarish muddatlari va bosqichlari;
− ish turlari va muddatlari bo‘yicha bajaruvchilar;
- rejaning
bajarilishini nazorat
qilish vositalari
va
nazorat
bosqichlari.
Har bir ishlab chiqarish tashkiloti raqobatchilaridan ortda qolishning oldini
olish maqsadida xususiy ishlab chiqarishni va bozor talabini rivojlantirishni kamida
2-3 yil oldin rejalashtirib borish. Korxona o‘z istiqbolini rejalashtirish uchun barcha
choralarni hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich buyumni loyihalashdan tortib,
texnologiyani ishlab chiqish, tajriba-sinov ishlarini bajarish va ishga tushurishi
lozim.
Korxonaning sexlari, uchastkalari, bo‘limlari va laboratoriyalari faoliyatini
rejalashtirish ichki ishlab chiqarish rejalari va u umumiy korxona ishini
rejalashtirishdan bir muncha farqlanadi. Buning sababi korxona bo‘linmalarining
xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxs emasligi, ya’ni o‘zlarining banklardagi hisob
raqamiga ega emasligida, tashqi korxonalarga faqat korxona rahbariyati orqali
chiqishda, qilingan harajatlar va ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha hamda har bir
49
bo‘linma mahsulotning ulgurji narxlarini belgilash borasida hisob kitobning yo‘qligi
sababli to‘liq xo‘jalik hisobini amalga oshira olmasligida namoyon bo‘ladi.