6.2. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlarining mohiyati va ularning
turlari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qurilish tashkilotlari asosiy
vositalari tarkibiga binolar, inshootlar, jihozlar, qurilmalar, uskunalar, transport
vositalari, avtomobillar, ko‘p yillik mevali daraxtlar, ishchi hayvonlar kiradi.
Ular o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: ishlab chiqarishda bevosita ishtirok
etadigan faol (aktiv) asosiy vositalar va ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan
passiv asosiy vositalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar tarkibiga imkon
qadar faol asosiy vositalar ulushi ko‘proqni tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Qurilish korxonasi ishlab chiqarishi - xo‘jalik faoliyatida ishlab chiqarish
fondlari va noishlab chiqarish maqsadlaridagi fondlaridan foydalaniladi. Ishlab
chiqarish fondlarining uch shakli mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
-ishlab chiqarish fondi;
-pul fondi;
-tovar fondi.
Barcha turdagi fondlarning umumiy vazifasi uzluksiz ishlab chiqarish va
takroriy ishlab chiqarishni ta’minlashdan iborat, shuning uchun ham ularni ishlab
chiqarish fondlari deb ataydilar.
Ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning eng muhim vazifalari:
-ulardan foydalanish samaradorligi;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati;
-ishlab chiqarish fondlarini eng kam sarflagan holda mahsulot ishlab chiqarish,
ya’ni mahsulot tannarxini pasaytirish;
-biriktirilgan ishlab chiqarish fondlarini to‘ldirib borish va aylanuvchanligi-
korxonaning moliyaviy holati va rentabellik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omilki,
78
uning uchun asosiy fondlarga qancha xususiy va zayom mablag‘lari
sarflanganligining ahamiyati yo‘q emas.
Qurilish korxonasining asosiy vositalariga qo‘yilmalar, ularni ishlatish va
takroriy to‘ldirib borish samaradorligi nuqtai nazaridan bir qator qoidalarni hisobga
olish lozim:
-asosiy ishlab chiqarish fondlarining ichidagi foydaliligi muayyan muddat
mobaynida saqlanadi, shuning uchun ularni sotib olish va foydalanish bo‘yicha
xarajatlar ham vaqt bo‘yicha taqsimlangan.
- asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi, ularning turi,
mansubligi, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish xususiyati turlicha baholanadi.
Qurilish korxonalari asosiy ishlab chiqarish fondlarini tahlil qilish uchun
axborot manbalari sifatida yillik va choraklik buxgalteriya hisobotining «Korxona
balansi» va «Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot» shakllaridan foydalaniladi.
Qurilish korxonasi asosiy ishlab chiqarish fondlarini tahlil qilish natijasida
qurilish korxonasi asosiy vositalari va boshqalarga sarflanadigan sarmoya
miqdorlari, harakati va tarkibini o‘z ichiga oladi. Asosiy vositalar holatini tahlil
qilganda bir qator xarakterli iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Iqtisodiyotning
globallashuvi
hamda
hisob
va
hisobotlarning
mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari
talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul
ko‘rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo‘llanib kelgan bo‘lsada, hayotimizga
“asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib
kelmoqda.
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va
hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang‘ich, belgilangan tartibda
O‘tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans
qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy
vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida
topiladi.
79
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi
buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish
Dostları ilə paylaş: |