Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda
ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq
tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan
mehnat predmetlari.
Tugallanmagan
qurilish
-
bu
tugallanmagan
va
foydalanishga
topshirilmagan qurilish obʼyektlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning
muayyan bir sanadagi holati bo‘yicha olingan hajmidir.
Tugallanmagan qurilish ishlab chiqarishi - tugallanmagan va buyurtmachiga
topshirilmagan obʼyektlarda (qurilishlarda) pudratchi tashkilot yoki tashkilotlar
tomonidan bajarilgan qurilish mahsulotining qurilish-montaj ishlarining hajmini
tavsiflovchi qismi.
Uy-joy qurilishi - yangi uy-joylarini, yotoqxonalar, yotoq korpuslari, bolalar
uylari va qariya hamda nogʼironlar uylarini qurishdir.
Xizmatchilar – hujjatlarni tayorlash hisob-kitob va nazorat qilish xo‘jalik
xizmati xodimlari.
147
TESTLAR
1. Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi qanday
bo‘limlardan tashkil topadi?
a) qurilish montaj, sanoat-ishlab chiqarish, infrastruktura bo‘limlar
b) qishloq qurilishi, qurilish materiallari
c) sanoat-ishlab chiqarish, qishloq qurilishi
d) infrastruktura bo‘limlar, qishloq qurilishi, qurilish materiallari
2. Ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra qurilish korxonalari ishlab chiqarish darajasiga
qarab, qanday korxonalarga bo‘linadilar?
a) kichik, o‘rta, katta va eng katta
b) mayda, o‘rta, yirik va eng yirik
c) mayda, o‘rta va yirik
d) A va B javoblar to‘g‘ri
3. Masalan, yig‘ma beton va temir-beton buyum va konstruksiyalar ishlab
chiqarishda yiliga 20-50 ming m
3
mahsulot ishlab chiqarish korxonalari qanday
korxonalar tarkibiga kiradi?
a) mayda
b) o‘rta
c) yirik
d) eng katta
4. Qanday resurslar muayyan davr uchun takror ishlab chiqarish jarayoni
moliyaviy natijasining miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalaydi.
a) Moliyaviy resurslar
b) Tabiiy resurslar
c) Sanoat resurslar
d) Manaviy resurslar
5. Korxonaning boshkarishning maqsadlarini qaysi turlarga bulib tasniflashimiz
mumkin?
a) amalga oshirish muddatiga kura- joriy va istikbolli
b) axamiyat darajasiga kura – asosiy va ikinchi darajali
c) Boshqaruv ob’yektiga kura xususiy va umumiy
d) hamma javoblar to‘g‘ri
148
6. ..... - ishchilar xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonining normal davom
etishi uchun kerakli sharoitlarni yaratish.
a) Boshqarish
b) Nazorat qilish
c) Xizmat ko‘rsatish
d) A va B javoblar to‘g‘ri
7. Korxona, tashkilot va butun tarmoqning berilgan resurslar asosida u yoki bu
hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yoki qobiliyati bu - ... .
a) pul muomalasi va pul aylanmasi
b) normal boshqaruv
c) ishlab chiqarish salohiyati
d) tovar aylanmasi
8. Yig‘ma beton va temir-beton buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishda
yiliga 50 ming m
3
dan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish korxonalari qanday
korxonalar tarkibiga kiradi?
a) yirik
b) o‘rta
c) mayda
d) to‘g‘ri javob yo‘q
9. Qurilish materiallari va buyumlarining texnologiyaliligi deb, ...
a) ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiqligi, ya’ni minimal harajatlar
bilan mahsulot tayyorlash imkonini beradigan texnologik xossalari tushiniladi.
b) ishlab chiqarish texnologiyasini kuchaytirish tushiniladi.
c) ularnining tovar aylanmasi, ya’ni maksimalmal harajatlar bilan mahsulot
tayyorlash imkonini beradigan texnologik xossalari tushiniladi.
d) ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiqligi, ya’ni maksimal harajatlar
va xarakatlar bilan mahsulot tayyorlash imkonini beradigan texnologik xossalari
tushiniladi.
10. Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi nechta
bo‘limlardan tashkil topadi?
a) 2 ta
b) 3 ta
c) 4 ta
d) 5 ta
149
11. Agar qurilish materiallari, buyumlari va konsruksiyalarining umumiy qurilish
texnologiyaliligini ijtimoiy mehnat harajatlari St bilan ifodalasak, u quyidagiga
teng bo‘ladi: bu yerda,
S
3
— zavod texnologiyaliligi (tayyorlash); Str— trasport texnologiyaliligi
(transportabellik);
Sm — montaj texnologiyaliligi (qurilish maydonchasida quyish va mantaj qilish
texnologiyaliligi);
Se — ekspluatasiya texnologiyalilik (qo‘llanish, ta’mir va xizmat qildirishdagi
qulaylik).
Dostları ilə paylaş: |