42
ishlov uskunalari esa davriy, o‘rasimon kameralarda bajariladi.
Stend usulida mahsulot qo‘zg‘almas holda bo‘ladi, mashinalar va ishchilar
esa ishlarining bajarilishiga qarab harakatda bo‘ladi. Issiklik ishlov berilishi ham
shu yerda bajariladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishiga ishlab chiqarish siklining
strukturasi va davri katta tasir kursatadi.
Ishlab chiqarish siklining davri deb bir dona yoki bir partiya mahsulotni
tayyorlash uchun ketadigan davrning boshlanishi va tugashi orasidagi vaqtga
aytiladi.
Ishlab chiqarish siklning strukturasi ishlab chiqarish vaqti va tanaffuslardan
tashkil topadi.
Ishlab chiqarish vaqti uz ichiga texnologik jarayonlarni bajarishga,
tayyorlash— tugatish ishlariga, transport, nazorat one — ratsiyalariga va tabiiy
jarayonlarga ketgan vaqtlarni oladi.
Tanaffuslar operatsiya orasi va smenalar orasi tanaffuslariga bo‘linadi.
Operatsiyalar orasi tanaffuslar mahsulotni keyingi ishlov berilishini kutishi
natijasida vujudga keladi. Smena orasi tanaffuslari esa, korxonaning kalendar ish
rejimiga bog‘liq
bo‘ladi va o‘z ichiga smenalar orasida dam olish va bayram
kunlaridagi tanaffuslarni oladi.
Dostları ilə paylaş: