139
GLOSSARIY
Аsosiy fondlar - moddiy ishlab chiqarish sohasida (asosiy
ishlab chiqarish
fondlari), ham noishlab chiqarish sohasida (noishlab chiqarish asosiy fondlari) band
bo‘lgan material-moddiy qiymatlar majmuasi.
Аsosiy xususiy jarayonlar - bu mehnat predmetlarining xossa va ko‘rinishini
o‘zgartirish bilan bogʼliq jarayonlardir.
Asosiy fondlar - korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab
chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining
natural-moddiy holatini
yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib
beradi
.
Asosiy vositaning jismoniy eskirishi - bu
asosiy fondlarning ekspluatatsiya
jarayonida yoki bekor turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-
sekin yo‘qotishidir.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari - korxona ishlab chiqarish fondlarining bir
qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini
o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish - korxonaning
uzluksiz ishlashi
ta’minlaydigan moddiy boylik va
boshqa resurslarning minimal,
lekin yetarli
zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini
aniqlashda
ifodalanadi.
Boshqarish jarayoni - bu aniq maqsad sari
boshqalarni harakt sari
yo‘naltirishdir.
Dostları ilə paylaş: