Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


Korxonalarni sinflarga bo‘linishi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Korxonalarni sinflarga bo‘linishi. 
Korxonalar faoliyat yuritish sharoitlari, maqsad va tavsiflariga ko‘ra turlicha 
bo‘ladi. Korxona faoliyatini chuqurroq o‘rganish uchun korxonalar turli 
ko‘rsatkichlarga ko‘ra sinflarga ajratiladi.
Korxonaning muhim tavsiflaridan biri uning avvalambor ishchilar soni bilan 
belgilanadigan o‘lchamlaridir. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxonalar: - tarkibida 50 
nafar ishchisi bo‘lgan korxonalar – mayda, 50 dan 500 nafargacha ishchisi bo‘lgan 
korxonalar – o‘rtacha, 500 nafardan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalar – yirik, 1000 
nafardan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalar – o‘ta yirik korxonalar sirasiga kiradi. 


25 
Korxona o‘lchamlarini ishchilar soniga ko‘ra aniqlash boshqa tavsiflar – ishlab 
chiqarish, oldi-sotdilar, korxona aktivlari hajmini aniqlash bilan to‘ldirilishi 
mumkin. Korxonalar o‘lchamlari ularning qaysi tarmoqqa mansubligi bilan bevosita 
bog‘liq. Masalan, metallurgiya va mashinasozlik korxonalari yirik va o‘ta yirik 
korxonalar sirasiga kiradi. Yengil, oziq-ovqat, neft qazib chiqarish sanoati 
korxonalari – asosan o‘rtacha kattalikdagi korxonalar, yog‘ochni qayta ishlash, 
tikuvchilik, savdo sanoati korxonalari – o‘rtacha va kichik korxonalarga mansub. 
Iqtisodda yirik korxonalar yetakchi rol o‘ynaydi. Rossiya iqtisodiyoti hozircha 
mayda va o‘rta biznesning past ulushi bilan tavsiflanadi.
Kichik korxonalarning yaratilishi bozor munosabatlarining rivojlanishi, tovar 
ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini paydo bo‘lishi hamda iqtisodiy 
muhit shakllanishining zaruriy sharoiti bo‘lib hisoblanadi. kichik korxoanalar 
iste’molchilar talablarining o‘zgarishiga tezkor tarzda munosabat bildirish 
qobiliyatiga ega, ular texnologik yangiliklarni tez o‘zlashtira oladilar. Dunyoning 
nisbatan rivojlangan mamlakatlarida kichik korxonalar faoiyatiga ishchi 
o‘rinlarining 50-70% ga o‘sishi bevosita bog‘liqdir.
2017-2021 yillar davrida iste’molchilar sonini o‘sishi, investitsiyalar 
tarkibidagi o‘zgarishlar, mahsulotning raqobatbardoshligini hamda mehnat 
unumdorligining ortishi, texnologiya va uskunalarning yangilashi tufayli kichik va 
o‘rta xususiy korxonalar sonining ortishi kutilmoqda. Sanoat va qurilish sohasida 
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘payishiga mazkur sohalarni davlat va 
hukumat tomonidan har tomonlama qo‘llab quvvatlanishi vositasida erishish 
mumkin.
Kichik va o‘rta xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning ustuvor 
yo‘nalishlari quyidagilardir: 
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish 
faoliyati; 
- qurilish va bezak materiallarini ishlab chiqarish; 
- oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli hamda bolalar uchun mo‘ljallangan
tovarlarni ishlab chiqarish; 


26 
- qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash va b. 
Qurilish sanoati korxonalari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
Sohalar turiga qarab, ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra sinflarga bo‘linish ham 
turlichadir. Masalan, yig‘ma beton va temirbeton buyumlari va mahsulotlari ishlab 
chiqarishda yirik korxonalarga yillik ishlab chiqarish quvvati 50 ming m
3
, o‘rtacha 
korxonalarga – 20 mingdan 50 ming m
3
, kichik korxonalarga esa yillik ishlab 
chiqarish quvvati – 20 ming m3 gacha bo‘lgan korxonalar mansub.
Mulkchilik shakliga ko‘ra xususiy, davlat, munitsipalitet (oʻzini-oʻzi idora 
qiluvchi jamoa), kooperativ (sheriklik, hamkorlik) va boshqa korxonalar mavjud.
Moliyaning mansubligiga ko‘ra milliy, xorijiy va qo‘shma korxonalar 
mavjud. Milliy korxonalarga mablag‘i o‘z mamlakatidagi tadbirkorlarga tegishli 
korxonalar kiradi. Xorijiy korxonalarga mablag‘i xorijliklarga tegishli bo‘lgan 
hamda to‘liq yoki qisman xorijiy talbirkorlar tomonidan nazorat qilinadigan 
korxonalar kiradi. 
Xorijiy kompaniyalarni tashkil etish va ularning faoliyati har bir mamlakat 
qonunchiligi bilan belgilanadi, mazkur qonunlarda kompaniyalarning ro‘yhatdan 
o‘tishi, ularning huquqiy jihatlari, ularga solinadigan soliq miqdori, mazkur 
mamlakatning mehnat qonunchiligiga bo‘ysunishi va h.k. keltiriladi. Xorijiy 
korxonalar aksionerlik jamiyati yaratish yoki mahalliy firmalarning aksiyalari 
paketlarini sotib olish orqali amalga oshiriladi, bu holda mablag‘ xorijiy tadbirkorlar 
tomonidan nazorat qilinadi. Xorijiy kompaniyalar, odatda, tashkil qilingan 
mamlakatda mavjud xorijiy bosh kompaniyalarning filiallari sifatida ro‘yhatdan 
o‘tkaziladi. Mablag‘lari bo‘yicha aralash deb, mablag‘i ikki va undan ortiq 
yirik
oʻrta
kichik


27 
mamlakatlar tadbirkorlariga tegishli bo‘lgan korxonalarga ataladi. Mablag‘lari 
aralash kompaniya uning muassislaridan biri joylashgan mamlakatda ro‘yhatdan 
mavjud qonunchilikda ko‘zda tutilgan qoidalarga asoslanib o‘tkaziladi, bunda 
korxonaning shtab-kvartirasi joylashgan joyi belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi. 
Mablag‘lari bo‘yicha aralash korxonalarni qo‘shma tadbirkorlik faoiyatini amalga 
oshirish maqsadida tashkil etiladi va ular qo‘shma korxonalar deb ataladi. Mablag‘i 
bir nechta mamlakatlar tadbirkorlariga tegishli bo‘lgan korxonalar ko‘p millatli 
korxonalar deb ataladi. 
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsuloti turi va ixtisosligi bo‘yicha 
sinflarga ajratiladi. Ixtisoslashuv – ishlab chiqarishdagi jamoatchilik mehnatini 
bo‘linishini tashkil etishning shakllaridan biridir. Qurilish mahsulotlari va 
konstruksiyalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvning 
uchta turi mavjud: detalli, predmetli va texnologik.
Detalli ixtisoslashuv korxonada alohida tayyor mahsulotlar, materiallarni 
ommaviy tarzda ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Mazkur ixtisoslik sohalarni mos 
ravishda bog‘lovchi, devor, temirbeton va boshqa materiallar, buyumlar va 
konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarga bo‘linishini ta’minlaydi.
Predmetli ixtisoslashuv - namunaviy bino va inshootlarni barpo etishda 
ishlatiladigan mahsulotlar komplektlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga xos. 
Predmetli ixtisoslashuv uy qurish, qishloq qurilishi kombinatlari uchun xos bo‘lib, 
ular turar joy binolari, ishlab chiqarish sexlari, qishloq xo‘jaligi inshootlarini montaj 
qilishda qo‘llaniladigan buyumlar komplektlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, predmetli ixtisolashuvga ega korxonalar 
ichidagi texnologik liniyalar detalli ixtisoslashuvga ega.
Texnologik ixtisoslashuv - ma’lum texnologik bosqichlarni mustaqil ishlab 
chiqarishga tadbiq etishdan iborat. Masalan, tovar betoni, armatura elementlari 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar shular jumlasidandir. 
Faoliyat yuritish turiga ko‘ra statsionar (turg‘un) va ko‘chma korxonalar 
farqlanadi.


28 
Ko‘chma korxonalar – qurilish-montaj tashkilotlarining manevroioigini 
oshirish maqsadida qo‘llaniladi. 
Korxonalar tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra sinflarga ajratiladi. Rossiya 
Federatsiyasi Fuqarolari Kodeksiga asosan, tijorat tashkilotlari yuridik shaxslar 
tomonidan faqatgina quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin: 
o‘rtoqlik xo‘jaliklari, jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va 
munitsipal unitar korxonalari. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin