16
Olib borilayotgan ishlar va kiritilayotgan investitsiyalar mahsulot sifatini
oshirish orqali sohaning eksport salohiyatini ham oshirmoqda. Bugunga kelib
keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz, quruq qurilish
aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan pardozbop plitalar, ohak,
polipropilen quvurlar, deraza oynasi, fitinglar kabi qurilish materiallarini eksport
qilmoqda. 2016 yilda 55,3 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lsa, 2019
yilda 2,3 barobar ko‘p qurilish materiallari jahon bozoriga chiqarildi.
Ta’kidlash joiz, Respublikada oxirgi 3,5 yilda amalga oshirilgan loyihalar
natijasida, bugungi kunda keramik plitka, gipsokarton, shifer, sement, ohak, bazalt
armaturasi, temir-beton mahsulotlari, bezakli oyna, devorbop va noruda materiallar
kabi asosiy turdagi qurilish materiallari bo‘yicha ichki talabni to‘liq qoplash va
eksportga ushbu mahsulotlarni sotish imkoniga ega bo‘lgan ishlab chiqarish
quvvatlari yaratilgan. Birgina 2016 yilning o‘zida umumiy qiymati 153,2 mln dollar
bo‘lgan jami 21 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 42 taga
yetkazildi. Hududlarda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish borasida
ham bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, 2019 yilda jami 757 ta investitsiya
loyihalari foydalanishga topshirildi.
Qurilishning asosi bo‘lgan sement mahsulotini ishlab chiqarish borasida ham
tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab
chiqarishga ixtisoslashtirilgan 29 ta korxona bo‘lib, ularning yillik quvvati yil
oxiriga qadar 20 mln. tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”,
“Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari
singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. 2020-2021 yillarda yana 10 dan
ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent,
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: