Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Debet 8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»  Kredit



Yüklə 5,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/121
tarix25.12.2023
ölçüsü5,05 Kb.
#195343
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari (2)

Debet
8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 
Kredit
0211- 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda 
yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan 
chiqariladi. 
1-usul
. Qurilish tashkilotida oldindan asosiy vositalarni qayta baholash 
natijasida rezerv kapitali shakllantirilgan bo‘lsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu 
rezerv kapitali evaziga hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, quyidagi 
yozuvlar qilinadi: 
a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farq summasiga: 
Debet
8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 
Kredit 
0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farq summasiga: 
Debet
0211- 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Kredit 
8510 «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 
2-usul
. Rezerv kapitali mavjud bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Bu holda qayta 
baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari o‘rtasidagi salbiy farq summasi 
qurilish tashkiloti harajatiga olib boriladi va u hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 
a) boshlang‘ich qiymatlar o‘rtasidagi salbiy farqqa: 
Debet
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» 
Kredit 
0111- 0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
b) eskirish summalari o‘rtasidagi salbiy farqqa (storno yozuvi ) 
Debet
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» 
Kredit
0211- 0290 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ularning sotilishi, tugatilishi, bepul 
berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi 
mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagi buxgalteriya o‘tqazmalari bilan aks 
ettiriladi (2.3-jadval). 
Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy 
vositalarning sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta bo‘lsa (Sq 

Qq), u 
holda ular QQS to‘lovchi hisoblanadi. Agar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat 
(Qq)dan kichik bo‘lsa (Sq 

Qq) yoki ular o‘zaro teng bo‘lsa ( Sq = Qq), u holda 
qurilish tashkilotlari QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Asosiy vositalarni ta’sis 
badali sifatida kiritilishi Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi. 



Yüklə 5,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin