Misol.
Aytaylik, qurilish ob’ektining shartnoma qiymati 60000000 so‘m,
shundan QQS (20 %) 10000000 so‘m. Demak, qurilish ob’ekti bo‘yicha sof
tushumning shartnoma qiymati 50000000 so‘m (60000000 – 10000000). Qurilish
ob’ektining smeta bo‘yicha tannarxi 35000000 so‘m. Qurilishning tugallangan
qismining haqiqiy tannarxi 28000000 so‘m.
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra:
(1)
qurilishning tugallanish foizi – 80,0 % (28000000 / 35000000);
(2)
qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi yalpi tushum – 48000000
so‘m (60000000 * 80 % / 100 %);
(3)
qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi sof tushum (daromad) -
40000000 so‘m (50000000 * 80 % / 100 %);
(4)
qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi 8000000
so‘m (48000000- 40000000).
Daromadlarni tugallanish foizi asosida tan
olish usulida qurilishning
tugallangan qismining qiymati va tugallanish foizi pudratchi hamda
buyurtmachilar tomonidan imzolangan «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar)
qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan tasdiqlanadi.
Ushbu
hujjat asosida qurilish tashkilotida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromad
hamda QQS summalariga yuqorida keltirilgan
mos ravishdagi buxgalteriya
yozuvlari beriladi.
Dostları ilə paylaş: