Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Fs = 20000000 * 5 % / 100 % = 1000000 so‘m



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Fs = 20000000 * 5 % / 100 % = 1000000 so‘m. 
10-s qaydnomaning 2-va -3 bo‘limlarida har bir moddiy javobgar shaxs 
bo‘yicha materiallarning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i, shuningdek ularning 
kirim va chiqimi hisob baholarida aks ettiriladi. Chunonchi, bu bo‘limlarda 
materiallarning chiqimi ularning hisobdan chiqarilish yo‘nalishlarini ifodalovchi 
sintetik schyotlar hamda analitik schyotlarning aniq moddalari bo‘yicha
ko‘rsatiladi. Qaydnomaning materiallar chiqimini ifoda etuvchi yig‘ma 
ma’lumotlari korrespondensiyalanadigan sintetik hamda analitik schyotlar 
bo‘yicha 10-s jurnal-orderga o‘tkaziladi. Bu jurnal-orderda qurilish ishlariga 
sarflangan materiallarning qiymati materiallar harakati va sarfi to‘g‘risidagi 
hisobotlarda (M-19 va M-29 shaklli hisobotlar) ko‘rsatilgan harajat ob’ektlari 
bo‘yicha taqsimlab chiqiladi. 
Qurilish tashkilotlarida ta’minotchilar bilan sotib olingan materiallar bo‘yicha 
hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 6-s jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu 
jurnal-orderga yozuvlar xronologik tarzda ta’minotchilardan olingan materiallarga 
guvohlik beruvchi schyot-fakturalar asosida amalga oshiriladi. 
Qurilish tashkilotlari qurilish ishlarini buyurtmachilarning o‘zlari taqdim 
etgan materiallar hamda o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalar asosida ham 
bajarishlari mumkin. Agar ushbu boyliklarni buyurtmachi tomonidan berilishi 
qurilish ishlari shartnomalarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda ular qurilish 
tashkilotlarida balansdan tashqari 003 «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» 
va 005 «»O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bu schyotlarga yozuvlar faqat bir tomonlama qilinadi. Chunonchi, materiallar va 
uskunalarning buyurtmachilardan olinishi ushbu schyotlarning debetida, sarflanishi 
esa kreditida aks ettiriladi. 
Qurilish tashkilotlarida buyurtmachilardan qurilish ishlarida foydalanish 
uchun olgan materiallar va uskunalar bo‘yicha material hisoboti alohida yuritiladi. 
Bu materiallar va uskunalar faqat buyurtmachilarga tegishli qurilish ishlariga 
sarflanadi. Olingan materiallar va uskunalarning sarfi M-29 shaklli hisobot va unga 
ilova qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanadi. 
Buyurtmachilardan olingan materiallar va uskunalarning qiymati qurilish 
ishlarining umumiy smeta qiymatiga kiritiladi, ya’ni ular pudratchi va buyurtmachi 
o‘rtasida tuziladigan «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida 
ma’lumotnoma–schyot-faktura»da buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan 
materiallar va uskunalar qiymati alohida qatorlarda ko‘rsatiladi, biroq ular o‘zaro-
hisob kitoblarda to‘lov summasiga kiritilmaydi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin