Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

bu 
barqaror 
va 
muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish 
va modernizatsiya qilishni, uning eng muhim tarmoqlarini texnik va 
texnologik jihatdan yangilashni, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishni 
ta’minlash
3
.
Respublikamizda barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini 
ta’minlashda qurilish tarmog‘i muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, ushbu tarmoq xalq 
xo‘jaligining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga kiritishga 
mo‘ljallangan investitsiyalarni haqiqatda ro‘yobga chiqarishda bevosita ishtirok 
etadi. Qurilish tarmog‘ining o‘rni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning 
moddiy texnika bazasini yaxshilashda, modernizatsiya qilishda, texnik va 
texnologik jihatdan yangilashda beqiyosdir. Shu bois ham bozor munosabatlari 
talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda qurilish tarmog‘ini ravnaq toptirish, 
uning moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, ushbu tarmoq sub’ektlariga 
yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb vazifalardan 
biri hisoblanadi.
Qurilish tarmog‘i xalq xo‘jaligining boshqa tarmoq va sohalaridan turli 
jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Ushbu farqli jihatlar ularni boshqarish uchun kerakli 
bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va uzatish vositasi 
bo‘lgan buxgalteriya hisobiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy hol. Aynan shular 
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlarini «Boshqa 
1
Қаранг: Статистическое обозрение Республики Узбекистан – Ташкент, 2006. 
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2006 йилда мамлакатни ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2007 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг 
муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси. //Халқ сўзи, 
2007 йил, 13 февраль, № 31 (4184). 
3
Шу ерда. 


tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining tarkibida maxsus 
bo‘lim sifatida chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
E’tiborlaringizga havola etilayotgan ushbu ma’ruza matnlarida qurilish 
tarmog‘iga tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy 
asoslari, ularning texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa jihatdan mavjud bo‘lgan 
xususiyatlari, ushbu xususiyatlarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishga ta’siri 
ko‘rsatib berilgan. Alohida e’tibor qurilish tashkilotlarida maxsus qurilish 
mashinalari va uskunalari, ularning ish faoliyati, saqlanishi va ekspluatatsiya 
qilinishi, qurilish materiallari harakati, bajarilgan qurilish ishlariga ketgan bevosita 
material va mehnat harajatlari, yordamchi ishlab chiqarish va boshqa umumishlab 
chiqarish ustama harajatlari hisobi, shuningdek qurilish ishlari tannarxini 
kalkulyatsiya qilish xususiyatlariga qaratilgan. Qurilish tarmog‘iga tegishli 
xo‘jalik sub’ektlarida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar, buyurtmachilar 
bilan hisoblashishlar, pudratchi va subrudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar, turli 
boshqa daromad va harajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yakuniy moliyaviy 
natijalarning shakllantirilishi, ularning hisob va hisobotda aks ettirilishi bevosita 
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda ochib berilgan. 
To‘plamga kiritilgan har bir mavzu oxirida unga doir tayanch atama va 
iboralar, o‘z o‘zini nazorat qilish maqsadida testlar, situatsion masalalar berilgan, 
shuningdek mavzu savollarini chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan me’yoriy 
hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro‘yxati keltirilgan. 
To‘plamdan joy olgan ayrim mavzular respublikamizda buxgalteriya hisobi 
bo‘yicha chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida yetarlicha o‘z aksini 
topmagan. Ishda ushbu mavzular respublikamizda oxirgi yillarda qabul qilingan 
me’yoriy hujjatlarga hamda muallifning amaliyotchi buxgalter va auditorlik 
tajribasiga asoslanib talabalarga tushunarli tilda yetkazib berishga harakat qilingan. 
Muallif taqrizchilarga, shuningdek uni yanada boyitish bo‘yicha o‘z taklif va 
tavsiyalarini beruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin