Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Turi va ko‘rinishiga ko‘ra



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Turi va ko‘rinishiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari 
buxgalteriya hisobi, moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzishda barcha xo‘jalik 
yuritish sub’ektlari uchun umumbelgilangan guruhlarga ajratiladi. Ushbu guruhlar 
hamda ularga kiruvchi asosiy vositalar bo‘lib, chunonchi, quyidagilar hisoblanadi: 
yer va yer uchastkalari; bino va inshoatlar; mashina va uskunalar; ofis mebellari va 
jihozlari; kompyuterlar; transport vositalari; ishchi xayvonlar; ko‘p yillik 
o‘simliklar; boshqa asosiy vositalar. 
Qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini boshqa belgilari bo‘yicha ham 
tasniflash mumkin. Chunonchi, soliq solishga munosabatiga ko‘ra ular mol-mulk 
solig‘iga tortiladigan va mol-mulk solig‘iga tortilmaydigan asosiy vositalarga 
ajratiladi. Amortizatsiya qilinishiga ko‘ra ular Soliq kodeksida belgilangan turli 
me’yorlar bo‘yicha eskirishi hisoblanadigan va mos ravishda turli muddatlarda (5 
yildan 20 yilgacha) xizmat ko‘rsatadigan asosiy vositalarga bo‘linadi. 
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: 

qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan buyumlar – 
stol ustiga qo‘yiladigan kalkulyatorlar, yoritg‘ichlar, yozuv uskunalari
taqvimnomalar; 

vaqtinchalik foydalanish uchun qurilgan yo‘lkalar va boshqa moslamalar 
(notitul inshoatlar).
Qurilish tashkilotlari o‘zlarining asosiy vositalari qiymatini 5-son BHMS 
«Asosiy vositalar»da keltirilgan tartibda baholashlari, shuningdek joriy hisobda 
ularni boshlang‘ich (tiklangan) qiymatida, buxgalteriya balansida esa qoldiq 
qiymatida aks ettirishlari lozim.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularni sotib olish baholari (o‘z 
kuchi bilan qurish yoki ishlab chiqarish tannarxi) hamda barcha sotib olish, tashib 
keltirish, rasmiylashtirish, o‘rnatish, ishga tushirishga doir qo‘shimcha 
harajatlardan tashkil topadi. Boshlang‘ich qiymatni topish maxsus «Asosiy vosita 
boshlang‘ich qiymatining hisob-kitobi»ni tuzish asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
hisob-kitobni quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiq (2.2- jadval). 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin