Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra qurilish 
tashkilotlarining barcha asosiy vositalari ishlab chiqarishga faol va nofaol ta’sir 
ko‘rsatadigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Maxsus qurilish mashinalari va 
mexanizmlari, transport vositalari, ayrim xo‘jalik inventarlari ishlab chiqarishga 
katta ta’sir ko‘rsatadigan asosiy vositalar hisoblanadi. Bino va inshoatlar, mebel va 
ayrim jihozlar ishlab chiqarishga bevosita faol ta’sir ko‘rsatmaydigan asosiy 
vositalarga kiradi. 
 
Mulkiy kimga tegishligiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalari 
xususiy va vaqtinchalik foydalanishga (ijaraga) olingan asosiy vositalarga 
bo‘linadi. 
Sotib olish va kelib chiqish manbalariga ko‘ra qurilish tashkilotlarining 
asosiy vositalari turli xil bo‘ladi, masalan xorijiy davlatlardan sotib olingan 
(import) va respublikamizda ishlab chiqarilgan asosiy vositalar, o‘z kuchi bilan 
yaratilgan asosiy vositalar, ta’sis badali sifatida kiritilgan asosiy vositalar va bepul 
kelib tushgan asosiy vositalar. 
Sotib olingandagi holatiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini 
yangi va oldinlari foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalarga bo‘lish mumkin. 
Real holatiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalari ishlatilayotgan 
(ekspluatatsiyadagi), kapital ta’mirlashdagi, konservatsiya qilingan, zahiradagi, 
sotishga va tugatishga tayyorlangan, ijaraga berilgan asosiy vositalarga ajratiladi. 
Sotishga va tugatishga tayyorlangan asosiy vositalar alohida qismlarga ajratilgan 
holda saqlanishi mumkin. 
Alohida ishlarni bajarishga mo‘ljallanganligiga ko‘ra qurilishda 
qo‘llanilayotgan asosiy vositalar maxsus, universal va aralash maqsaddagi asosiy 


vositalarga bo‘linadi. Kranlar, beton qorish mashinalari, temir va taxta kesish, 
burg‘ulash jihozlari, kovushli ekskavatorlar, grederlar va shu kabi ayrim qurilish 
texnikalari maxsus asosiy vositalar hisoblanadi. Traktorlar, buldozerlar, ayrim 
transport vositalari, bino va inshoatlar universal harakterga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin