ularning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining
joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan ob’ektning barcha
texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi.
Qurish smetasida ob’ektni qurish bilan bog‘liq
barcha ishlarning hajmi, ularning
belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi.
Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma
qiymatini belgilashga asos bo‘ladi.
Qurishga tayyorgarlik va uning ta’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi
tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni
bajarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini
topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga
qurish uchun kerakli
bo‘lgan materiallarni pudratchiga yetkazib berish, oldindan to‘lov summasining
kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo‘lmagan qismini)
quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi
tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga
yetkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z
zimmasiga oladi.
Ob’ektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni
bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga
oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga
hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari)
hisoblanadi.
Qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir.
Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus
komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan
ishlar
(qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan
ob’ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi.
Qurilish ishlari o‘z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois birgalikda
olib borilgan ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: