harajatlari aks ettiriladi. Ushbu satrda qurilish tashkilotlari o‘zlarining
quyidagi
harajatlarini aks ettiradi:
- kelgusi davrda bajariladigan ishlar uchun olingan ruxsatnoma (litsenziya)
to‘lovlari;
- kelgusida joriy etilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqarishga doir
harajatlar;
- kelgusi yilda chop etiladigan maxsus me’yoriy-texnik
adabiyotlar uchun
qilingan sarflar;
- kelgusi yil uchun o‘tkazib qo‘yilgan ijara to‘lovlari;
- mavsumiy harakterga ega bo‘lgan ishlar uchun oldindan to‘lovlar,
chunonchi, qurilish mashinalari va uskunalarini konservatsiya qilish harajatlari;
- yangi qurilish uchun kadrlarni jalb etish va
tayyorlash harajatlari;
- oldindan hisoblangan mehnat ta’tili harajatlari;
- kelgusi yil uchun gazeta va jurnallar obunasi uchun to‘lovlar;
- boshqa kelgusi davr harajatlari.
Dostları ilə paylaş: