Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu 8. QURILISH TASHKILOTLARIDA HISOBOT 
 
Ma’ruza rejasi: 
 
1.Qurilish tashkilotlarida tuziladigan hisobotlarning turlari va
ularni taqdim etish muddatlari 
2.Qurilish tashkilotlarida moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azish
xususiyatlari
 
1. Qurilish tashkilotlarida hisobotlarning turlari va ularni taqdim etish 
muddatlari
Qurilish tashkilotlarida, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari, hisob 
jarayonining yakuniy bosqichi bo‘lib moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish 
hisoblanadi. Ushbu hisobotlar respublikamizda milliy valyutada ming so‘m 
birligida tuziladi. 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun (16-modda)ga muvofiq qurilish 
tashkilotlarining moliyaviy hisoboti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

buxgalteriya balansi; 



moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; 

asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot; 

pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; 

xususiy kapital to‘g‘risida hisobot; 

izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Kichik biznes sub’ektlari hisoblangan qurilish tashkilotlariga moliyaviy 
hisobotni ixchamlashtirilgan tarzda tuzish va taqdim etishga ruxsat etiladi. Ushbu 
ixchamlashtirilgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga buxgalteriya balansi, moliyaviy 
natijalar to‘g‘risida hisobot hamda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni 
oladi.
Qurilish tashkilotlarida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlaridagidek hisobot 
davri bo‘lib taqvim yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha bo‘lgan davr 
hisoblanadi. Taqvim yilining 1 oktyabridan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
qurilish tashkilotlari uchun birinchi hisobot yili bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
sanadan kelgusi yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Ushbu davrda 
yuz bergan xo‘jalik jarayonlari birinchi hisobot yiliga doir, deb tan olinadi va mos 
ravishda shu davrning moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlarining moliyaviy hisoboti quyidagilarga majburiy tarzda 
taqdim etiladi: 
soliq idoralariga; 
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga; 
davlat statistika organlariga; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari ularning tashkiliy-huquqiy 
maqomiga bog‘liq. Chunonchi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qurilish 
tashkilotlari faqat yillik yillik moliyaviy hisobotni tuzadilar va uni keyingi yilning 
25 martigacha taqdim etadilar. Aksiyadorlik jamiyati, ma’suliyati cheklangan 
jamiyat va xususiy korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari yillik moliyaviy 
hisobotni keyingi yilning 15 fevraligacha taqdim etishlari lozim.
Kichik biznes sub’ektlariga kiruvchi qurilish tashkilotlari moliyaviy hisobotni 
faqat hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etadilar. Ushbu maqomga ega bo‘lmagan 
boshqa turdagi tashkilotlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan 
tashqari) yillik hisobotdan tashqari choraklik hisobotlarni ham tuzishlari va ularni 
choraklikdan keyingi oyning 25 sanasigacha tegishli organlarga taqdim etishlari 
kerak. 
Qurilish tashkilotlari ularning maqomi va tashkiliy shakllariga qarab 
moliyaviy hisobotdan tashqari turli statistika hisobotlarini ham tuzadilar. 
Chunonchi, kichik biznes sub’ektlari hisoblangan qurilish tashkilotlari har 
chorakda 1-MB shaklda «Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti»ni tuzishlari 
va statistika organlariga taqdim etishlari lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 sentyabrda 
qabul qilingan «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 409-son qarori bilan qurilish tashkilotlari uchun statistika 
hisobotlarining birxillash-tiriladigan va qisqartiriladigan shakllarining yangi 


ro‘yxati, ularni tuzish va taqdim etish muddatlari tasdiqlangan. Ushbu statistika 
hisobotlarining birxillashtirilgan ayrim shakllarining ro‘yxati 8.1-jadvalda 
keltirilgan. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin