Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


ESM-1 shakl, ESM-2 shakl, ESM-3 shakldagi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

ESM-1 shakl, ESM-2 shakl, ESM-3 shakldagi hujjatlar balansida maxsus 
qurilish mashinalari va uskunalariga ega bo‘lgan va ular yordamida boshqa 
tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarida 
qo‘llaniladi. 
Ko‘tarish krani ishi haqida bildirgida (ESM -1 shakl) uning qaysi ob’ektda 
ishlagani va bajargan ishining turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa 
ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi asosida ko‘tarish krani tomonidan 
bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma bosh 
pudratchi tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat 
bosh pudratchi va ko‘tarish kranida ishlarni bajargan ixtisoslashgan qurilish 
tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Qurilish mashinasi yo‘l varaqasi (ESM-2 shakl) mashinistga ob’ektga 
yetkazish oldidan to‘ldiriladi. Unda mashinaning nomi, texnik ma’lumotlari, 
mashinistning ismi-sharifi, unga berilgan topshiriqlar, topshiriqni bajarishga 
kirishish va uni yakunlash muddatlari ko‘rsatiladi.
Qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi (ESM-3 shakl)da xuddi (QMF -
1 shakl)dagidek boshqa qurilish mashinalari (beton qorish, ekskavator, buldozer, 
greder va shu kabilar) tomonidan har bir ob’ektda bajarilgan ishlarning turlari
miqdori, sarflagan vaqti va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi qurilish 
mashinalari tomonidan bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnomani 
tuzishga asos bo‘ladi. Bu ma’lumotnoma ham bosh pudratchi tomonidan 
imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi hamda bosh pudratchi va ixtisoslashgan 
qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
ESM-4 shakl, ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar o‘z balansida 
qurilish mashinalari bo‘lgan barcha turdagi qurilish tashkilotlarida qo‘llaniladi.
Qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl) natural 
o‘lchov birliklarida o‘lchanadigan topshiriqlar va bajarilgan ishlarni 
rasmiylashtirish va hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Bu bildirgi qurilish 
tashkilotida qurilish mashinalari uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan bir 
nusxada tuziladi va mashinstlar qo‘liga topshiriladi. Topshiriqlar va ishlar 
haqiqatda bajarilgach, buyurtmachi korxona bildirgida topshiriq va ishlarni qabul 
qilib olganligini imzolaydi va muhr bilan tasdiqlaydi. Ushbu bildirgi nafaqat 
bajarilgan ishlarni hisobga olishga, balki mashinistlarga ish haqini hisoblash uchun 
ham asos bo‘lib hisoblanadi.



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin