Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Eskirishni hisoblashning kumulyativ usuli



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Eskirishni hisoblashning kumulyativ usuli. Ushbu usulda asosiy vositaning 
amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ham boshlang‘ich qiymat yoki chamalangan 
tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlang‘ich qiymat 
hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni 
amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Amortizatsiya me’yori 
sifatida xizmat yillari sonini xizmat yillari sonlarining yig‘indisiga nisbati olinadi. 
Faqat, ushbu nisbat birlik qo‘llanishda teskari holda ishlatiladi. 
Misol. Kranning boshlang‘ich qiymati 40000000 so‘m deylik. Tugatish 
qiymati 1-holatda 5 foiz, ya’ni 2000000 so‘m belgilangan, 2-holatda esa ko‘zda 
tutilmagan. Kranning xizmat muddatida 10 yil. Xizmat yillari sonlari yig‘indisi 55 
(1+2+3+4+5+6+7+8+9+10), mos ravishda amortizatsiya hisoblashda me’yor 
sifatida olingan sonlar nisbati:1-yil uchun 10/55; 2-yil uchun 9/55, 3-yil uchun 
8/55 va shu tarzda 10-yil uchun 1/55.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida kran bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha 
hisob-kitob qilinadi. 
Birinchi holatda. 1-yil uchun 6909090 so‘m (38000000*10/55; 2-yil uchun 
6218182 (38000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 690909 (38000000*1/55). 
Ikkinchi holatda. 1-yil uchun 7272727 so‘m (40000000*10/55; 2-yil uchun 
6545454 (40000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 727273 (40000000*1/55). 
Ko‘rinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan farqli 
o‘laroq asosiy vositalarni tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib keladi. 
O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga muvofiq kumulyativ usulni qo‘llash 
mol-mulk solig‘ini kam to‘lashga olib keladi, chunki ushbu soliq bazasi bo‘lib 
asosiy vositalarning qoldiq qiymati hisoblanadi. Biroq, kumulyativ usul bo‘yicha 
hisoblangan amortizatsiya summasi, agar u bir maromda hisoblash usulida 
hisoblangan eskirish summasidan katta bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq summasi 
daromad (foyda) solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi va mos ravishda ushbu soliqqa 
tortiladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin