Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Ish hajmiga mutanosib hisoblash usuli



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Ish hajmiga mutanosib hisoblash usuli. Bu usulni, odatda, qurilish ishlarini 
olib borilishiga faol ta’sir o‘tkazadigan asosiy vositalar bo‘yicha qo‘llash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunonchi, uni qurilish mashinalari va mexanizmlari, 
transport vositalari bo‘yicha qo‘llash mumkin. Ushbu usulda asosiy vositaning 
amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ham boshlang‘ich qiymat yoki chamalangan 
tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlang‘ich qiymat 
hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni 1 birlik 
bajariladigan ishga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li 
bilan topiladi. 
Misol. Kranning boshlang‘ich qiymati 40000000 so‘m deylik. Tugatish 
qiymati 1-holatda 5 foiz, ya’ni 2000000 so‘m belgilangan, 2-holatda esa ko‘zda 
tutilmagan. Kranning ish faoliyati uning foydali xizmat muddatida (aytaylik,10 yil 
ichida) ishlagan vaqt miqdori bilan o‘lchanadi. Ushbu vaqt miqdori 20000 soat, 
kranning haqiqatda ishlagan vaqti bildirgi-naryad bo‘yicha birinchi yilda 3000 
soat, deylik.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida kran bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha 
hisob-kitob qilinadi. 


Birinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya me’yori 1900 so‘m 
(38000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi 
5700000 so‘m (1900*3000). 
Ikkinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya me’yori 2000 so‘m 
(40000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi 
6000000 so‘m (2000*3000). 
Qurilish mashinalari va mexanizmlari bo‘yicha hisob-kitob qilingan eskirish 
summasi qurilish tashkilotlarida ularning qaysi ob’ektlarda ishlaganligiga qarab 
o‘sha ob’ektlarning tannarxiga kiritiladi.
Eskirishni ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usulini transport 
vositalari bo‘yicha qo‘llashda ish birligi bo‘lib, ular tomonidan bajarilgan yuk 
aylanmasi (t/km), bosib o‘tilgan yo‘l (km) yoki naryada bo‘lgan ish vaqti (soat) 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin