qurilish ishlari boshlanishi oldidan to‘ldiriladi, ikkinchi qismi esa qurilish ishlari
bajarilayotgan davrda oyma-oy to‘ldirib boriladi.
M-29 shaklli hisobotning 1-bo‘limini tuzish va to‘ldirib
borish bevosita
qurilish tashkilotining ishlab chiqarish bo‘limining funksiyasi hisoblanadi. Bu
bo‘limda hisobotning dublikati qurilish ishlari boshlangandan to uni
yakunlangungacha saqlanadi. Qurilish ishlari oldidan tayyorlangan hisobotning
ikki nusxasi qurilish ishlari bo‘yicha mas’ul va moddiy javobgar shaxslarga
(prorab, master)larga beriladi.
Hisobotning 2-bo‘limi qurilish maydonchalaridagi moddiy javobgar shaxslar
(prorab, master) tomonidan to‘ldiriladi. Bu bo‘limda qurilish
ishlarini bajarishga
haqiqatda ketgan materiallar sarfi, ushbu sarflarni belgilangan me’yordagi
sarflardan chetlanishlari (tejalganligi yoki ko‘p sarflanganligi) to‘g‘risidagi
ma’lumotlar oyma-oy ko‘rsatiladi. Materiallar haqiqiy sarflarining me’yoriy
sarflardan kam qismi hisobotda minus ishorasi bilan, ko‘p qismi esa plyus ishorasi
bilan yozilishi kerak. Me’yordan chetlanishlar bo‘lmaganda, hisobotning mos
ravishdagi satrlariga tire belgisi qo‘yiladi. Materiallar sarfida belgilangan
me’yorlarga nisbatan yo‘l qo‘yilgan chetlanishlar bo‘yicha moddiy javobgar
shaxslar (prorab, master) batafsil
tushuntirish xati yozishlari, unda chetlanishlarni
qanday sabablarga ko‘ra yuz berganligini asoslab berishlari lozim. Ushbu
tushuntirish xati hisobotga ilova qilinadi.
Moddiy javobgar shaxslar (prorab, master) tomonidan tuzilgan va
imzolangan M-29 shaklli hisobot barcha guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlar
bilan birga dastlab qurilish tashkilotining ishlab chiqarish bo‘limida, so‘ngra
buxgalteriyada tekshirishdan o‘tadi. Ishlab chiqarish bo‘limining mas’ul xodimi
(injener) haqiqatda sarflangan materiallar miqdorini bo‘limda qolgan dublikatdagi
me’yorlarga
mosligini, shuningdek me’yordan chetlanishlarning asosligini
tekshiradi. Buxgalteriyada haqiqatda sarflangan materiallarning miqdori guvohlik
beruvchi boshlang‘ich hujjatlarda to‘g‘ri ko‘rsatilganligi, shuningdek materiallar
sarfining M-19 hisobot chiqimidagi ma’lumotlarga mos kelishligi tekshiriladi.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq asosga ega bo‘lmagan hollarda mas’ul injener va
buxgalter tomonidan hisobotga tuzatishlar kiritiladi. Hisobot bu xodimlar
tomonidan to‘liq tuzatilgandan so‘ng imzolanadi.
Materiallar belgilangan me’yorlarga nisbatan
kam sarflangan hollarda
qurilish ishlari tannarxiga haqiqatda sarflangan miqdorda qo‘shilishi lozim.
Materiallarning belgilangan me’yorlardan ortiq sarflanishi hollarida qo‘shimcha
sarflar qurilish ishlari tannarxiga faqat qurilish tashkiloti rahbarining ruxsati bilan
kiritiladi. Chunonchi, rahbar materiallar sarfining qurilish tannarxiga olib
boriladigan miqdorini hisobotning «
Tannarxga kiritilsin» nomli ustunchalarida
(mos ravishda 6,10- va boshqa ustunchalarda) belgilaydi va shundan so‘ng
hisobotni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
M-29 hisobotining yuqorida keltirilgan qisqacha sharhidan ko‘rinib turibdiki,
u qurilish tashkilotlari boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, bu
hisobot qurilish tashkiloti rahbariyati va ishlab chiqarish bo‘limi
tomonidan
qurilishga sarflanishi kerak bo‘lgan aniq materiallar me’yoriy miqdorining
mavjudligi ustidan uzliksiz nazoratni olib borilishiga, haqiqatda sarflangan
materiallar miqdorini belgilangan me’yordan chetlanish sabablari va aybdorlarini
topishga hamda tegishli qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.
Buxgalteriyada
M-29 shaklli hisobot sarflangan materiallar qiymatini bajarilgan qurilish
ishlarining haqiqiy tannarxiga kiritishga hamda materiallar sarfi hisobini yuritishga
asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: