9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyotining kreditida yuqorida
keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan
inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar
aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi
schyotlar (0100, 1000, 2800, 2900, 5000 va boshqalar) debetlanadi. Qurilish
tashkilotlarida
asosiy
faoliyatdan
olingan
qo‘shimcha
daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur
segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-orderda olib boriladi.
3.UMUMXO‘JALIK FAOLIYATIDAN FOYDA (Fux) YOKI ZARAR (Zux). Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf – Zmf Bu yerda: Fmf – moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari moliyaviy faoliyatidan
olingan daromadlar 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi
schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda hisobga olinadi. Bu
schyotlarning kreditida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning turlari hisoblash
tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi. Bunda olinadigan royalti, dividend va foizlar,
debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (4810, 4820, 4830, 4010 va boshqalar)
debetlanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning analitik hisobi
ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-
orderda olib boriladi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga doir
harajatlarning hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
9610 «Foiz ko‘rinishidagi harajatlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit)
schyotning debetida va 6920 .Hisoblangan foizlar» schyotining kreditida yil
maboynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan harajatlar aks ettiriladi.