Qurilishda axborot texnologiyalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#37576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
MUSTAQIL ISH. QAT...

 

Windows operatsion 

tizimi haqida umumiy

 

 



Ma’lumot. 

        Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, 

kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va 

ular  bilan  muloqotni  o’rnatish,  har  xil  dasturlarni  ishga  tushirish  va  ular  ishlash  holatlarini  ta‘minlash. 

Windows  (Windows  ,,oynalar’’  degan  ma'noni  anglatadi)  Microsoft  (MS)  firmasining dastur  mahsuli 

bo`lib,  maxsus  tayyorgarlikka  ega  bo`lmagan  kompyuterdan  foydalanuvchilar  uchun  mo`ljallangan 

operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish 

uchun  oson,  shu  bilan  birga,  foydalanuvchiga  mumkin  qadar  keng  imkoniyatlar  yaratish  holiga 

keltirishdir. 

     Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple 

firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. 

     Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan 

jihozlangan.  Bulardan  1981-yilda  yaratilgan  -  MS-DOS  dasturi,  1991-yilda  yaratilgan  -  Windows  3,1 

dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-

yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows 

XP  dasturlari.  Windows  dasturning  taniqli  bo’lishining  asosiy  sababi  bu  -  ish  jarayoni  soddaligi,  ko’p 

vazifali  rejim,  bir  xil  ishlash  interfeysi  va  boshqa  qulayliklar.  Boshqa  operatsion  tizimlarga  o’xshab 

Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. 

     Hozirgi  kunda  keng  ommaga  taqdim  qilinadigan  kompyuterlarga  WINDOWS  operatsion  tizimlari 

o’rnatilib  taqdim  etilayapti.  Agar  kompyuterlar  ilgariroq  olingan  bo’lsa,  bu  kompyuterlarga  ham 

WINDOWS  operatsion  tizimlarini  o’rnatish  mumkin.Buning  uchun  ma’lum  shartlar  (resurslar)  bajarilishi 

shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 

50  Mb  hajm  vinchesterda  bo’sh  joy,  8  Mb  operativ  xotira  va  protssesor  eng  kamida  (ishlash  taktik 

chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. 

    WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 

Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi 

bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul. 

     MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, 

shu bilan 

birga foydalanish uchun oson

, operatsion tizimdir. 

    WINDOWS  ning  avvalgi  lahjalari  (masalan,  Windows  3.0,  3.1,  3.11,  3.12)  asos  sifatida  MS  DOS  ni 

qabul  qilgan  bo`lsa,  Windows  95  o`zi  mustaqil bo`lib,  kompyuterda  boshqa  bir  operatsion  tizimning 

bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va WINDOWS ning eski lahjalari bilan 

ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada WINDOWS ning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja 

nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz. 

Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega: 

– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay; 

– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan avvalgi lahjalaridan 

keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va 

ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi; 

– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga 

kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan 



bahra oladi va hokazo; 

– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin