2012-yilning 26-oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz
kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari
ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashtirishga qaror qilindi.Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga
qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi
WINDOWS10
2015-yilning 25-iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar –
serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida
shaxsiy kompyuterlar uchun "Pusk" menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta'kidlab o‘tish
mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega
bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110
milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015-yil noyabr oyi
holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.