Qurilishni boshqarish



Yüklə 189,97 Kb.
səhifə2/5
tarix09.05.2023
ölçüsü189,97 Kb.
#110334
1   2   3   4   5
Karimov i.o mustaqil ish

3-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda Markaz tomonidan ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishda eksperimental tartibda shartnomalar tuzish, hisob-kitoblar o‘tkazish, axborot uzatishning elektron ayirboshlash tartibini, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalanish uchun elektron hujjat joriy etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda eksperimental tartib yakunlari bo‘yicha elektron hujjat ayirboshlashni keng qo‘llash maqsadida axborot tizimi orqali elektron hujjat ayirboshlashni joriy etishga doir takliflarni, qonun hujjatlariga muvofiq qog‘ozdagi hujjatlarga teng maqomga ega bo‘lgan elektron hujjatlardan foydalanish bo‘yicha standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqishga doir takliflarni kiritsin;
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqib, Markazning vakolatlarini takrorlaydigan davlat organlarining vakolatlarini maqbullashtirish, shuningdek, ularning tegishli tarkibiy bo‘linmalarini soddalashtirish to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.



Yüklə 189,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin