Qurish-yasash va matematik markazni tashkil etish texnologiyasi


Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari



Yüklə 144 Kb.
səhifə13/14
tarix20.12.2022
ölçüsü144 Kb.
#76618
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
QURISH-YASASH VA MATEMATIK MARKAZNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI kurs ishi

2.2 Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog'ozdan qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari.
Mashg'ulotda bolalar qog'oz bilan ishlash ko'nikma va malakasini egallab boradilar: qog'ozni turlicha buklash, diagonal bo'ylab bo'lish, tayyor andazani buklash shablon bo'yicha detallarni qirqish va hokazo. Tayyorlov guruhida bolalar turli narsalar yasaydilar. Karton yordamida o'yinchoqlar tayyorlanadi (petrushka balalayka bilan, qo'lini qimirlatayotgan quyon...). Korobkadan, karton va qog'ozdan avtomashina, yuk krani, traktor, uy qurish mumkin. Qog'oz, karton, tabiiy materialdan (ildiz, tayoqcha va boshqalar) suvda o'ynaladigan o'yinchoqlar (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o'yinchoqlarning nima uchun qo'llanilishini bolalarga o'rgatadi. Tabiiy materiallardan narsa yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shishka, urug'lardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini turli usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho'pi, plastilin bilan) o'rgatadi. Bolalar turli shakllarni odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklarni, archaning urug'i, yong'oq po'stidan, o'z o'ylaganlari asosida, tarbiyachining topshirig'i bo'yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlardan tanish bo'lgan ertak qahramonlariga o'xshashlarini topish ham o'rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalarda fantaziya, tasavvurlari rivojlanib boradi.
Qog'ozni chizilgan chiziq bo'ylab buklash, andaza bo'yicha ishlash malakasi mebel yasash mashg'ulotida shakllanib, mustahkamlanadi. Namunani kuzatgach, bolalar undan nima yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o'tirgan bolalar, ishni bo'lib olib (bir bola, divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stulning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu mavzu bo'yicha yana bir mashg'ulot o'tkaziladi, bunda bolalar o'zlari andaza qilib, uni to'g'ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari, ular chizg'ich bilan chiziq chizish, uzunlik, enini o'lchashni ham o'rganadi. Tarbiyachi faqat chizg'ich bilan qanday ishlashni ko'rsatib beradi, qolgan qismini bolalar mustaqil bajaradilar. Mashg'ulot boshlanishidan oldin bolalar bir-birlari bilan nima yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o'z stollariga joylaydilar. Bunday mashg'ulotlar bolalarni qo'l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash, ijodlarini ishdan oldin rejalashtirish qobiliyatlarini ham o'stiradi. Aytaylik, yangi yil bayramiga bolalar mashg'ulotda archa o'yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o'zlari tanlab, materiallarni tayyorlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg'ulotda bolalar applikatsiya mashg'ulotida olgan bilimlarini qo'llaydilar: qog'ozni ko'p buklab, bir xil tipli figuralarni qirqadilar. Tayyorlov guruhda tarbiyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini, malakalarini mustahkamlaydi. Bolalar o'z o'ylaganlari bo'yicha mavzu tanlab, kerakli materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil bajara oladilar. Tarbiyachining yordami bilan bolalar avtomashina, kartondan harakatlanuvchi o'yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo)ni asosiy qismga mayda qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning qismlarini birlashtirishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg'ulot ajratiladi. Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg'ulotda hayvonlarni, qo'g'irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy materialdan narsa yasash mashg'uloti ko'pincha yozda va kuzda olib boriladi. Mashg'ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mavzu nomini aytib, mavzuga oid materiallarni yig'ishni iltimos qiladi. Mashg'ulot davomida bolalar qanday qilib qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi. Bir stol atrofida o'tirgan bolalar birga fikrlashib, kompozitsiya tashkil qiladilar. Tarbiyachi bolalarga qarag'ayning ochilmagan shishka - urug'idan kapalak, baliqchalar yasashni o'rgatadi. Bolalar olgan bilim, malakalarini boshqa mashg'ulotlarda qo'llaydilar.
XULOSA
Tayyorlov guruhida bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha murakkab konstruksiyalarni o'zlashtirib beradilar. Shuning uchun tarbiyachi narsalar yasashni, uning bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko'rsatish uslubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi balkonli uyni qurish mavzusida avval ko'p qavatli, balkonli uy konstruksiyasini tayyor holda ko'rsatadi, so'ng ishni o'zi ko'rsatib, uyning qanday yasalishini qog'ozni buklab, balkonlarini yasash uchun qirqib, uni tomini qanday joylashishini ko'rsatib beradi. Agar mashg'ulotda bolalar tanishish usulini qo'llasalar, tarbiyachi faqat namunani kuzatish va qisman ko'rsatish bilan cheklanadi xolos yoki bolalar bilimini faollashtiruvchi savollar berishi mumkin. Archa o'yinchog'ini yasash mashg'ulotida tarbiyachi bolalarga namunani ko'rsatgach, uni qanday qirqishni bolalardan so'raydi. Ular bunga javob beradilar, so'ng o'zlari mustaqil bajaradilar. Agar yasalayotgan narsa, masalan, harakatlanuvchi o'yinchoqlar ko'p vaqtni olsa, bolalar qiynalsalar, tarbiyachi mashg'ulotni ikkiga bo'lishi mumkin. Birinchi mashg'ulotda tarbiyachi kartondan yasalgan o'yinchoqlarni ko'rsatib, bugungi teatr o'yiniga ham xuddi shunday o'yinchoqlar yasashligini aytib o'tadi. Lekin bu o'yinchoqni chizib berish lozim, so'ng bolalar hayvonchani o'ylab topib, chizib bo'yaydilar. Ikkinchi mashg'ulotda bolalar tarbiyachining tushuntirishi va ko'rsatmasi asosida o'yinchoq yasaydilar. O'yinchoq yasash mashg'uloti avvaldan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalarni jalb qiladi. Ular material tayyorlashga yordamlashadilar: qog'oz qirqadilar, shakli bo'yicha joylashtiradilar, qog'ozni oldidan (mebelning oyog'i uchun) truba qilib yopishtiradilar. Bolalar o'z o'ylaganlari bo'yicha mashg'ulotning yaxshi o'tishi avvaldan ko'rilgan tayyorgarlikka bog'liq: bolalar materiallarni yasaydigan predmetlarini qanchalik tez topsalar, nima yasashlarini oldindan bilsalar, mashg'ulot shunchalik qiziqarli bo'ladi. Tarbiyachi mashg'ulot uchun bolalar bilan turli o'lcham, turli shakldagi daraxt, gul, butalarning urug'larini, shox, makkajo'xorining doni, beresta, moh va boshqa ko'pgina tabiiy materiallarni yig'adilar. Bolalar oldindan o'ylagan narsalari uchun materiallar yig'adilar: yirik urug' - tanasi uchun, mayda urug' - boshi uchun, turli shoxlar - qo'l, oyoq, panjalar uchun. Tarbiyachi bolalarga yig'gan materialidan narsalar yasashni o'rgatadi, ya'ni bolalar diqqatini shu materiallar hayvonlarning figuralariga o'xshab ketishiga (yugurayotgan kiyik, tuyaqush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsalarni yasashda tarbiyachi ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tayyor figuralarni taglikka o'rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki kapalaklarning qanotlarini shishkaga joylashtirib beradi. Bu barcha yasalgan narsalardan ko'rgazma uyushtiriladi. 8-mart bayramiga, ota-onalar majlisiga bag'ishlanadi. Bu ko'rgazmalar bolalar ishining yanada yaxshi bo'lishiga yordam beradi va bolalarda javobgarlik hissini, estetik didlarini yanada o'stiradi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin