Qurish-yasash va matematik markazni tashkil etish texnologiyasi


Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari



Yüklə 144 Kb.
səhifə8/14
tarix20.12.2022
ölçüsü144 Kb.
#76618
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
QURISH-YASASH VA MATEMATIK MARKAZNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI kurs ishi

1.4 Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari.
Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan foydalanadilar, ya'ni tarbiyachining topshirigi bo'yicha bola o'z tasavvuriga tayangan holda rasm, foto-rasmlardan foydalanadi. Ko'pgina qurilma mavzusi beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir. Namunalar ko'pincha rasm, foto-rasm bo'lib, bu rasmda bolalarning ishlamayotgan qurilish materialidan qurilgan qurilmalari aks etgan bo'ladi. Ba'zida tarbiyachining o'zi yasagan narsani namuna sifatida ko'rsatish mumkin. Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to'g'ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni tushuntirayotganda qurish-yasashning yangi usulini qisman ko'rsatib o'tadi. Tayyorlov guruhidagi ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash obyektlari haqida tasavvur qilishlariga yordam beradi. Har bir sayohat bolalarning keyingi mashg'ulotga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. Shahar bo'ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko'chalarning tuzilishiga, binolarning chiroyli qurilganligiga qaratadi. Tarbiyachi bolalar bilan biror bir maydonning fazoviy joylashishini, binolarni tahlil qiladi. Mashg'ulotda esa topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini faollashtiradi. Mashg'ulotning boshida o'tkaziladigan suhbatlar bolalar bilimini faollashtiradi. Ko'prik qurayotganida tarbiyachi bolalarga eslatib o'tadi: ko'priklar har xil bo'ladi. Yo'lovchilar uchun va transport uchun ko'priklar. Mashg'ulotning boshida, kinoteatr qurishda tarbiyachi suhbat o'tkazib, binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakl, fazoviy joylashishini aniqlaydi. Agar boshqa mashg'ulot bo'lsa, tarbiyachi bolalardan o'ylagan qurilmalari, uning nima uchun qo'llanishi, tanlangan materiallar haqida gapirib berishni talab qiladi.


II.BOB. QOG'OZ VA TABIAT MATERIALLARIDAN QURISH-YASASH
2.1. Qog'oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash
Maktabgacha ta'lim tashkilotsida turli xil o'yinchoqlarni yasash uchun qog'ozdan, tabiat materiallaridan keng foydalaniladi. Bolalarga qog'ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog'ozlar.
Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g'amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong'oqlar teradilar. Mevalar urug'i yaxshilab yuvilib, quritiladi, bunday urug'lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo'llanmalarni yasash uchun: qog'oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho'pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi.
Qog'oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallar. Bu materiallardan bolalar bog'chasida turli-tuman o'yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo'lib qolmay, balki qiziqarli hamda' bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog'ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox-shabbalar va boshqalarni tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldindan tayyorlab boradi. Masalan, urug'lar, danaklar yaxshilab yuvilib, quritilib yig'iladi. Jolud va kashtanlarni daraxtdan to'kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug'i esa qishda yig'iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o'yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog'oz, karton, plastilin, simlar, kley va mehnat qurollaridan: qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo'llaniladi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin