2. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o'rni
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi. O'z xarakteriga ko'ra bolalar qurish-yasashi ko'pincha tasviriy va o'yin faoliyati bilan o'xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg'a uchun.
Qurish-yasash faoliyati - amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgHangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil fikrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog'ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda qurilish materiallaridan, turli xil mayda to'plamlardan foydalaniladi. Masalan, M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7 mazmunli to'plamlar: «Kosmod-rom», «Temir yo'l vokzali» va boshqalar. Mashg'ulot paytida materiallar ko'p bo'lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon; o'simlik va transportni ifodalovchi mayda o'yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi ayrim
narsalarni, ya'ni quyon uchun uy, mashinalar va yo'lovchilar uchun
ko'prik yasaydilar. O'yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta
ahamiyatga ega, o'yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Qurilish materiallari ma'lum bir javonlarda, tartib bilan saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |