Qurolli kuchlar akademiyasi jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti


BIZNING BITIRUVCHILARIMIZ – IKKINCHI JAHON URUSHI QAHRAMONLARI



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/12
tarix08.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#64711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Harbiy o\'quv yurtlari

BIZNING BITIRUVCHILARIMIZ – IKKINCHI JAHON URUSHI QAHRAMONLARI
Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (1945-1991-yillar)
Urushdan keyingi davrda ofitserlarni tayyorlashga talab ortib bordi. Harbiy fan va texnika jadal rivojlandi. Yangi kurash vositalari bo‘lgan ommaviy qirg‘in qurollari paydo bo‘ldi. Qo‘shinlarning jangovor shayligi yanada kuchayib, tezkorligi va harakatchanligi sezilarli darajada oshdi. Ikkinchi jahon urushi tajribasi, harbiy fan-texnikaning rivojlanishi inobatga olinib, qo‘shinlarni tashkil etish va jangovar tayyorgarligi takomillashtirildi. 1955-yildan boshlab bilim yurtida murakkab darslar o‘tkazila boshlandi. Ularda birlashgan qurol taktikasining turli mavzulari boshqa fanlar – artilleriya, topografiya, muhandislik va kimyoviy moddalarga qarshi tayyorgarlik bilan birgalikda ishlab chiqildi. 1957-yilning boshida bilim yurtida harbiy ilmiy jamiyatning bo‘limi tashkil etildi. Jamiyat a’zolari o‘tgan urush tajribalarini umumlashtirish, harbiy ilm-fanning so‘ngi yutuqlarini o‘rganish va ommalashtirish, harbiy-nazariy konferensiyalarni o‘tkazish bilan shug‘ullandilar. 1958-yilda bilim yurti oliygohga aylantirilib, oliy o‘quv yurtiga tenglashtirildi. Bilim yurtida o‘qish muddati to‘rt yil bo‘ldi. Yangi o‘quv dasturi tarkibiga harbiy fanlar bilan bir qatorda oliy matematika va nazariy mexanika, fizika, kimyo va boshqa fanlar kiritildi. Ijtimoiy fanlarga ham ko‘proq e’tibor berila boshlandi. 1966-1967-yillarda o‘quv markazi hududidan tashqarida, bir necha kun mobaynida tog‘ yoki sahro sharoitida amaliy darslar o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Ko‘pincha bu kabi mashg‘ulotlardan keyin kursantlar o‘quv markaziga, ya‘ni ortga qaytishlari davomida taktika fanidan o‘quv savollarigni o‘zlashtirganlari holda 30 kilometr piyoda yurishlari lozim edi.
60-yillardan boshlab kursantlarning tunda o‘q otish (merganlik) mahoratlarini oshirishga katta e‘tibor qaratildi.
1965-1966 yillar davomida qo‘shinlar zirhli transportyorlar bilan qurollantirildi. Shu sababli o‘quv dasturi o‘zgartirilib, kursantlarning texnik tayyorgarligiga ko‘proq vaqt ajratila boshlandi. Shunga ko‘ra ta’lim maqsadi ham o‘zgardi: endi kursantlar qo‘shinlarning moddiy ta’minoti fanini hamda zirhli transportyorlar va o‘rta vaznli tanklardan foydalanish qoidalarini nazariy jihatdan, ularga texnik yordam ko‘rsatishni, shuningdek, tanklarni o‘nqir-cho‘nqir joylarda haydashni esa amaliy jihatdan o‘rganadigan bo‘ldilar. 1967-yildan boshlab bilim yurtida tahsil olayotgan bo‘lajak komandirlar yangi texnikani, ya’ni piyodalar jangovar mashinasi (PJM), dushmanga qarshi qo‘llaniladigan zamonaviy otish, raketa va zenit qurollarini o‘rganish bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtira boshladilar. Bilim yurtini 1972-yilda bitirgan yosh ofitserlar harbiy ta’lim bilan bir qatorda zirhli va avtotraktor texnikasini qo‘llash bo‘yicha muhandis mutaxassisligi diplomini oldilar. 1974-1977 yillar davomida tankodrom to‘liq qayta jihozlanib, jangovar mashinalar va avtomobil texnikalarini yo‘l harakati qoidasi bo‘yicha haydash bo‘yicha trenajyor sinflar tashkil etildi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin