Qurolli kuchlar akademiyasi jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə7/12
tarix08.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#64711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Harbiy o\'quv yurtlari

DALA O‘QUV BAZASI
Amaliyot – bo‘lg‘usi mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining muhim qismidir. Akademiyaning dala o‘quv maydoni Chirchiq shahrida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 3310,5 gektarni tashkil qiladi. Dala o‘quv maydoni (poligon) o‘quv rejalari va dasturlari bilan belgilangan barcha harbiy va maxsus-harbiy fanlardan amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirish va me’yorlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan quyidagi elementlardan iborat:
-taktik o‘quv maydoni; o‘quv chegara posti; havo-desant shaharchasi; tog‘ tayyorgarligi shaharchasi; otish shaharchasi (200 metrli tir, 100 metrli tir, guruh qurollaridan otish yo‘nalishi, o‘qotar qurollaridan otish yo‘nalishi, havo nishonlariga otish yo‘nalishi, BTR-80 va BMP-2 direktrisalari, Tank otish shaharchasi, markaziy minora);
-avtomobillar haydash shaharchasi (avtodrom);
-jangovar texnikalar xaydash shaharchasi (tankodrom);
-muhandislik va kimyo shaharchalari;
-to‘siqli yo‘laklar.
Dala o‘quv maydoni o‘quv obyektlarida yilning barcha fasllarida, tunda va kundizi 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar bilan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish imkoniyatiga ega.
Dala bazasi – ta’lim jarayonini dala sharoitida tashkil qilish uchun mo‘ljallangan maskan bo‘lib, zamonaviy qulayliklarga ega o‘quv-moddiy baza barcha mutaxassislik kursantlariga amaliy mashg‘ulotlarda shug’ullanish imkonini beradi. Eng yangi infratuzilma, shinam yotoqxona sifatli ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratmoqda. O’quv bazasida harbiy texnika parki, o‘quv xonalari, yotoqxonalar, ovqatlanish xonasi, sport zali, tibbiyot punkti va madaniyat markazi mavjud.
XALQARO HAMKORLIK
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasida xorijiy davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari bilan me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish doirasida 5 ta o‘zaro anglashuv memorandumi (Belarus, Koreya Respublika, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Xindiston, AQSh) hamda “Belarus Harbiy akademiyasi” ta’lim muassasasi va Rossiya Bosh shtabi Harbiy Akademiyasi mutaxassislarining ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatishlarini nazarda tutuvchi Qurolli kuchlar Akademiyasi ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan shartnomalar imzolangan. Shu bilan birga halqaro tashkilotlar ShHT Mintaqaviy terrorizmga qarshi tuzilmasi,
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Yevropadagi Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Shimoliy Atlantika Hamkorlik tashkiloti, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi va Britaniya kengashi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha amaldagi me’yoriy-huquqiy baza 23 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar (memorandum, maqsad xatlari, deklaratsiya, kelushuv, bayonnoma va shartnoma) mavjud.
Qurolli kuchlar Akademiyasi 32 ta oliy harbiy ta’lim muassasalari va horijiy davlatlarning ilmiy markazlari bilan xamkorlik qilmoqda (Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston, Koreya Respublikasi, Pokiston, Rossiya, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Fransiya.)
Akademiyada 12 ta halqaro ilmiy konferensiya tashkil etilgan.
Tajriba almashish va ilg‘or uslubiyotlarni o‘rganish hamda professor-o‘qtuvchilar tarkibini malakasini oshirish maqsadida 2017-yildan 2021-yilga qadar Qurolli kuchlar Akademiyasi delegatsiyalarini xorijiy davlatlar (Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston, Koreya Respublikasi, Pokiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya) oliy harbiy ta’lim muassasasi va Ilmiy-tadqiqot institutlariga tashrif buyurishi yo‘lga qo‘yilgan.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin