Qurolli kuchlar akademiyasi jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/12
tarix08.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#64711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Harbiy o\'quv yurtlari

AKADEMIYA TUZILMASI
Akademiya qo‘mondonlik, o‘quv-uslubiy markaz, fakultetlar, kafedralar, oliy ta’lim muassasidan keyingi ta’lim bo‘limi, pedagog kadrlarning malakasini oshirish markazi, ilmiy vzvod va ta’minot bo‘limlaridan tashkil topgan.
Akademiyada 4 ta fakultet (Umumqo’shin, Chegara qo’shinlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi va Malaka oshirish), 17 kafedra, 11 ta 4 yillik bakalavr ta’lim yo‘nalishlari, 11 ta 2 yillik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha taktik, operativ-taktik, operativ-strategik bo‘g‘inlari harbiy ofitser kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va 8 ta ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktoranturada oliy toifali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar hamda malaka oshirish fakultetida 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatda 10 ta mutaxassislik bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash amalga oshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim muassasalaridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish Markazida o‘qituvchi-ofitserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan.
FAKULTETLAR
Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakulteti – operativ-taktik va operativ-strategik (strategik) bo‘g‘in ofitserlarni, shuningdek Davlat xavfsizligi va mudofaa sohasida mamlakatning boshqaruv va xo‘jalik boshqarmalari vakillarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mo‘ljallangan.
Ushbu fakultet boshqarmadan, “Harbiy xavfsizlik kafedrasi”, “Harbiy san’at kafedrasi”, “Harbiy boshqaruv kafedrasi” va “Ta’minot turlari kafedrasi” dan tashkil topgan.
Umumqo‘shin fakulteti – bakalavr darajasidagi kursantlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Chegara qo‘shinlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish fakulteti – ushbu fakultet boshqarma, “Chegara san’ati” va “Chegara faoliyati” kafedralaridan tashkil topgan.
Malaka oshirish fakulteti – taktik va operativ-taktik boshqaruv bo‘g‘ini ofitser kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, Akademiyada quyidagi kafedralar mavjud:

  1. “Umumiy taktika”;

  2. “Qo‘shinlarni kundalik faoliyatini boshqarish”;

  3. “Jangovar ta’minot”;

  4. “Moddiy ta’minot”;

  5. “Texnik ta’minot”;

  6. “Gumanitar fanlar”;

  7. “Qurollanish va otish”;

  8. “Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarini tayyorlash”;

  9. “Jismoniy tayyorgarlik va sport”;

  10. “Tillar”;

  11. “Tabiiy fanlar”.

Akademiyaning fakultetlari va kafedralaridagi o‘quv jarayonlari O‘quv – metodik markaz tomonidan tashkillashtiriladi va muvofiqlashtiriladi.
Qurolli Kuchlar Akademiyasi respublikaning tayanch oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanib, unda kadrlarni tayyorlash quyidagicha belgilangan:
-to‘rt yillik o‘quv dasturi bo‘yicha (o‘n bitta ta’lim yo‘nalishi) tayanch oliy harbiy ma’lumotli “bakalavr” darajasidagi taktik bo‘g‘indagi ofitserlar tayyorlanadi;
-bakalavr darajasidagi kursantlarni tayyorlash Akademiya tarkibidagi Umumqo‘shin fakultetining o‘quv bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
-ikki yillik o‘quv dasturi bo‘yicha (o‘nta yo‘nalishda) oliy harbiy ma’lumotli “magistr” darajasidagi operativ-taktik bo‘g‘ini ofitserlar tayyorlanadi:
-“Qo‘mondonlik-shtab operativ-taktik” yo‘nalishida ikki yillik muddatda magistr darajasida
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarida (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya) xizmat o‘tayotgan operativ-taktik bo‘g‘indagi ofitserlar o‘qitiladi.
-bir yillik maxsus o‘quv dasturi bo‘yicha oliy harbiy ma’lumotli “magistr” darajasidagi “Davlat va harbiy boshqaruv” bo‘g‘ini ofitserlari tayyorlanadi.
-belgilangan muddatda magistr darajasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarida (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya) xizmat o‘tayotgan yuqori bo‘g‘inli ofitser va generallar o‘qitiladi.
-uch yillik maxsus o‘quv dasturi bo‘yicha “falsafa doktori” ilmiy darajasida oliy toifali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.
Shuningdek, malaka oshirish fakultetida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ofitserlar ta’lim oladi:
3 oylik oliy kurslarda:
-taktik bo‘g‘in ofitserlari (batalyon komandiri, batalyon komandirlarining o‘rinbosarlari va ularga tenglashtirilganlar);
-operativ-taktik bo‘g‘in ofitserlari (harbiy okrug va qismlar boshqarmalari ofitserlari va ularga tenglashtirilganlar).
-1 oylik kurslarda safarbarlik sohasi ofitserlari (Tuman, shahar Mudofaa ishkar bo‘lini va harbiy qism safarbarlik bo‘linmasi boshliqlari).
15 kunlik kurslarda:
-razvedka va maxsus operatsiya kuchlari ofitserlari (razvedka va maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari komandirining o‘rinbosarlari, razvedka boshliqlari);
-tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlari (batalyon komandirlarining TvaMIBO‘lari harbiy okrug va qismlarning ofitserlari hamda ularga tenglashtirilganlar);
-oziq-ovqat xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar oziq-ovqat xizmati boshliqlari va ularga tenglashtirilganlar);
-kiyim-kechak xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar kiyim-kechak xizmati boshliqlari va ularga tenglashtirilganlar);
-yoqilg‘i-moylash xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar yoqilg‘i-moylash maxsulotlari xizmati boshliqlari va ularga tenglashtirilganlar);
-muhandislik qo‘shinlari xizmati ofitserlari (harbiy okrug
va qismlar muhandislik xizmati boshlig‘i, muhandislik texnik otryadlari komandirlari va o‘rinbosarlari);

-radiatsion, kimyoviy, biologik muxofaza qo‘shinlari xizmati ofitserlari (harbiy okrug va qismlar, batalyonlar va ularga tenglashtirilgan RKBM ofitserlari).

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin