Qur'on Muso Payg‘ambar (a s.)ning hayotini juda aniq qilib yoritadi



Yüklə 62,66 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü62,66 Kb.
#146713
  1   2
Qadimgi Misr tarixi va madaniyati


Qur'on Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hayotini juda aniq qilib yoritadi. Qur'on Fir'avn va uning Isroil farzandlariga bo‘lgan munosabatini so‘zlab berish bilan bir qatorda, Qadimgi Misr haqida juda boy ma'lumotlarni oshkor qiladi. Bu tarixiy ma'lumotlarning ahamiyati yaqindagina dunyoning bilimdon kishilari e'tiboriga tushdi. Agar bu ma'lumotlar ustida bir oz mulohaza yuritilsa, shu kunlarda kashf qilinayotgan barcha muhim ilmiy, tarixiy va arxeologik topilmalar bilan bevosita aloqador bo‘lganligi bois, Qur'on va undagi ma'lumotlar hamma narsani bilguvchi zot Dono va Qodir Alloh tomonidan vahiy qilinganligini tezda fahmlash mumkin.
Bu donolikka Fir'avn bilan bir qatorda ismi Qur'onda qayd etilgan shaxs - Homonga Qur'onda e'tibor berilganligini misol qilish mumkin. Uning ismi Qur'onning olti joyida tilga olingan bo‘lib, u Fir'avnning eng yaqin tarafdorlaridan biri bo‘lgan-ligini bizga ma'lum qiladi.
Ajablanarli tomoni shundaki, Tavrotning Muso Payg‘ambar (a.s.) hayotiga aloqador bo‘lgan bo‘limlarida Homon degan ism umuman qayd etilmagan. Biroq Tavrotning oxirgi qismlarida Homon Muso Payg‘ambar (a.s.)dan taxminan 1100 yil so‘ng isroilliklarga ko‘p shafqatsizliklar keltirgan Bobil qirolining yordamchisi sifatida tilga olinadi. Qur'on esa yaqinda ochilgan arxeologik kashfiyotlar bilan hamohang ravishda, Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hayoti bilan bog‘liq «Homon» degan so‘zni o‘z ichiga olgan.
Misrcha ieroglif yozuvini o‘qiy olish imkoniyati bundan taxminan 200 yil avval kashf qilingandan va Homon degan ism qadimgi yozuvlarda topilgandan so‘ng ayrim musulmon bo‘lmagan shaxslar tomonidan Islom kitobiga qarab otilgan tanqidiy fikrlar o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ldi. XX asrgacha Qadimgi Misr yozuvlari va shartli belgilariga tushunib bo‘lmas edi. Qadimgi Misr tili so‘zlar emas, balki shartli belgilar, ierogliflardan tashkil topgan. Xuddi zamonaviy so‘zlar kabi muhim voqealarni hikoya qiluvchi va qayd etuvchi bu rasmlar qoya va toshlarga o‘yib solingan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asrlar osha hanuz mavjud bo‘lib kelmoqda. II va III asrlarda nasroniylik va boshqa madaniy ta'sirlar natijasida Misr bugungi kunda o‘lik deb hisoblanadigan ieroglif yozuvi bilan bir qatorda, o‘zining qadimiy mafkuralaridan umrbod voz kechdi. Ierogliflardan foydalanib yozilgan eng oxirgi namuna 394- yilga borib taqaladigan yozuvdir. Rasmlar va shartli belgilar unutilgan edi va ularni o‘qib tushunadigan biror kishi qolmagan edi. Tabiiyki, bu tarixiy va arxeologik dalillarni o‘rganish imko-niyatini cheklar edi. Bu holat bundan II asr burungi davrgacha davom etib keldi.
1799 yilda, «Rosetta Stone» deb ataladigan yozuvli doska kashf qilinishi bilan Qadimgi Misr ierogliflarining siri oshkor bo‘ldi. Bu ajoyib topilma miloddan avvalgi 196- yilga borib taqalar edi. Bu yozuvning ahamiyatli tomoni shunda ediki, u uchta turli ierogliflar, avomga xos (Qadimgi Misr ieratik yozuvining soddalashtirilgan shakli) va yunon yozuv turlarida yozilgan edi. Grek yozuvi yordamida Qadimgi Misr yozuvlari biz tushunadigan tilga o‘girildi. Bu yozuvlar Jan-Fransua Shampollion ismli frantsuz arxeologi tomonidan tarjima qilindi. Shu tariqa unutilgan til va voqealarga aniqlik kiritildi va Qadimgi Misrning tsivi-lizatsiyasi, dini va ijtimoiy hayoti to‘g‘risidagi juda ko‘p ma'lumotlar insoniyat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan holatga keltirildi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyat tarixidagi muhim bir era haqidagi bilimga keng yo‘l ochib berdi.
Ierogliflarni tushunarli tilga o‘girish orqali juda muhim bir ma'lumot oshkor bo‘ldi: Homon degan ism haqiqatdan Misr yozuvlarida qayd etilgan edi. Bu ism Venadagi Hof muzeyida saqlanayotgan yodgorlikda ham mavjud bo‘lib, Homon va Fir'avn o‘rtasidagi yaqin aloqani nazarda tutar edi.214
Barcha yozuvlar to‘plamiga asoslanib tayyorlangan People in The New Kingdom (Yangi Qirolliqdagi odamlar) lug‘atida Homon «tosh qazuvchi ishchilarning boshlig‘i» deb tilga olinadi.215
Natijada juda muhim haqiqatga aniqlik kiritildi: Homon Muso Payg‘ambar (a.s.) davrida Misrda yashagan shaxs bo‘lib chiqdi. U Fir'avnning yaqin kishisi bo‘lib, xuddi Qur'onda ta'kidlangani kabi, qurilish ishlarida ishtirok etgan edi.

Yüklə 62,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin