Qur'on Muso Payg‘ambar (a s.)ning hayotini juda aniq qilib yoritadi


Fir'avn: «Ey, odamlar! Men sizlar uchun o‘zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon! Loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun



Yüklə 62,66 Kb.
səhifə2/2
tarix22.09.2023
ölçüsü62,66 Kb.
#146713
1   2
Qadimgi Misr tarixi va madaniyati

Fir'avn: «Ey, odamlar! Men sizlar uchun o‘zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon! Loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil! Shoyadki, men (uning ustiga chiqib) Musoning ilohini qo‘rsam. Men uni yolg‘onchilardan deb o‘ylamoqdaman», - dedi. («Qasas» surasi, 38-oyat)
Fir'avnning Homonga minora qurishni amr etishining Qur'on oyatida tasvirlanishi bu arxeologik topilma bilan to‘liq mos keladi. Mana shu ajoyib kashfiyot natijasida Qur'onga muxolif bo‘lganlarning bema'ni da'volari yanglish va fikran ahamiyatsiz ekanligi isbotlandi.
Qur'on mo‘‘jizakorona, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida ma'lum bo‘lmagan yoki tushunilmagan tarixiy ma'lumotlarni bizga yetkazdi. Ierogliflarni 1700 yilning oxirlarigacha tushunishning imkoni bo‘lmadi, shuning uchun Misr manbalaridan ma'lumotlarni aniqlab bo‘lmas edi. Homon degan ismning qadimiy yozuvlarda topilishi Allohning so‘zi ishonchli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Homon degan ism Misr ierogliflari XIX asrda tushunarli tilga o‘girilmaguncha noma'lum bo‘lib keldi. Ierogliflar tushunarli tilga o‘girilganda Homon Fir'avnning yaqin yordamchisi va «tosh qazuvchilarning boshlig‘i» bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. (Quyida Qadimgi Misr quruvchi ishchilarining tasviri tushirilgan.) Bu yerda ahamiyatga molik ma'lumot shundaki, Homon Fir'avnning amriga binoan qurilish ishlarini yuritgan shaxs sifatida Qur'onda qayd etilgan. Bu o‘sha paytda biror kishining bilishi mumkin bo‘lmagan ma'lumot Qur'onda berilgan, degan ma'noni hamda uning diqqatga sazovor ekanligini anglatadi.

_____________
214. UolterVresjinski, Aegyptische Inschriften aus dem K. K. Hof Museum in Wien (Venadagi Hof muzeyidan Misr yozuvlari), (Lipzik: J C Hinrichs’sche Buchhandlung: 1906). 
215. Germann Rank, Die Dgyptischen Personennamen, Verzeichnis der Namen (Misrlik oilalarning ismlari, Ismlar ro‘yxati), Verlag Von J J Augustin in Gltickstadt, Band I, 1935, Band II, 
Yüklə 62,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin