Qushlar bayrami


Davraga o’quvchilar kirib kelishadi



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2022
ölçüsü40,5 Kb.
#58333
1   2   3   4   5   6
senariy qushlar bayrami

Davraga o’quvchilar kirib kelishadi.

Qaldirg’och.

Qaldirg’och O’zbekistonning hamma tumanlarida uchraydi. Mart oyining o’rtalarida uchib keladi. Uya qurish uchun so’lagi bilan aralashtirib, yumaloq- langan loydan foydalanadi. Ular bir yilda 2 marotaba tuxum qo’yadilar. Avgust oylarida ikkinchi marta ochgan bolalari ham uchirma bo’ladi. Sentabr-da Markaziy va Janubiy Afrika, Hindiston va Birmaga qishlash uchun uchib ketadi. Yemishi esa turli hasharotlardir. Yaqin yillargacha qishloq uylarida maxsus tuynukchalar bo’lar edi. Qaldirg’och xonalar shiftiga in qurib, bola ochardi. Qaldirg’och qaytib kelmagan yilni o’sha xonadon ahli behosiyat deb bilardi. Hozirchi? Afsis, beton uylarning tuynugi yo’q.



Bulbul.

Bulbulni ko’rayapsizmi? Nahotki? Axir shundoq yoningizda, yaproqlar orasida turibdi-ku. Demak, uning tusi atrofidagi ranglardan ajralib turmayapti.

Odamlar uning sayrashiga maftun. O’zini esa kamdan-kam holda ko’rishadi. Sharq she’riyatida u nola qiluvchi oshiq timsolida uchraydi. Nomi shoirona bo’lgani bilan tirikchiligi kamtarona. Yildda 4-5 ta tuxum ochib ularni parva- rishlaydi. Kuz kelishi bilan Janubiy Arabistonga uchib ketadi. Rizqi qurt-qumursqalar. Hozircha aytgan qo’shiqlari uchun hech qanday imtiyozlar berishmagan. Oltin qafas deysizmi? Yoq, raxmat qafasingiz o’zingizga siylov.

Qizilishton.

Bog’larda tog’-o’rmonlarda, saksovulzorlarda chug’urchuqdan xiyol kichikroq qushni uchratganmisiz? Bu o’sha qizilishton – bog’larning tabibi, chunki asosiy ishi daraxtlar tanasidagi turli xil qurt –qumursqalarni yo’qotish. Asosan yakka tartibda yashaydi. U faqat daraxtda yashaydi, yerga qo’nmaydi. Aprel oyida 4-6 ta tuxum qo’yib, bola ochadi. Bolalariga har kuni kapalak, chumoli turli hasharotlarni tashiyverib charchaydi. Hozir ham charchab turibdi bolalariga ovqat tashishi kerak.



Burgut.

Burgut tog’larda,cho’llarda va harobalarda uchraydi. U yirik qush, juft-juft bo’lib yashaydi. Ular o’z juftlariga umrbod sodiq qolishadi. Tog’lardagi baland qoyalarga, cho’llardagi tepaliklar, xarobalar va saksovulzorlarga uya

quradi. Uyasining balandligi va kengligi 2 metrgacha boradi. Burgutlar yirtqich qush bo’lib, tipratikan, jayra, toshbaqa, yumronqoziq, tovushqon, kaklik kabi hayvonlarga ba’zan mayda uy hayvonlarga ham hujum qilib turadi. Burgut “Qizil kitob”ga kiritilgan.


Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin