Qushlar sinfi



Yüklə 314,43 Kb.
səhifə4/11
tarix07.11.2022
ölçüsü314,43 Kb.
#67834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
QUSHLAR SINFI

Muskullari. Bir juft katta ko'krak muskuli uchayotgan qushlar tanasidagi eng yirik muskullar hisoblanadi. Bu muskullarning massasi boshqa hamma muskullar massasiga teng keladi. Ko'krak muskullari yelka suyagiga kelib tutashadi. Tojning kengaygan yuzasi ana shu eng kuchli muskullarning birikadigan joyi hisoblanadi. Katta ko'krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. Bu muskullarning ostida joylashgan birmuncha kuchsiz o'mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko'tariladi.
Oyoq muskullari ham yaxslii rivojlangan. Ular qushlarni yerda harakatlanishiga yordam beradi. Qushlaming oyoq bo'g'imlari orqali paylar o'tgan. Paylarning uchi barmoqlargacha yetib borgan. Qush shohga qo'nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o'tirishi va yiqilib tushmasdan uxlayverishi mumkin. Qovurg'alarga va ularning o'simtalariga birikadigan qovurg'alararo muskullar qisqarganida ko'krak qafasining hajmi kengayib qushlar nafas oladi.
Qushlar boshining harakatlanishi, ya'ni burilishi, ko'tarilishi va tushirilishi bir nechta mayda bo'yin muskullarining qisqarishi bilan bog'liq.
ICHKI TUZILISHI VA SEZGI ORGANLARI
Tana bo'shlig'i. Qushlaming tana bo'shlig'ini ko'krak qafasi va chanoq suyaklari himoya qilib turadi. Ichki organlar ana shu bo'shliqda joylashgan.
Hazm qilish sistemasi. Qushlaming tumshug'i oziq topadigan a'zo hisoblanadi. Tumshuqning tuzilishi va o'lchami oziq xiliga hamda oziqlanish usuliga ko'p jihatdan bog'liq. Tishlari bo'lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni esa tumshug'i bilan cho'qilab, uzib olib yutadi. Qizilo'ngach juda cho'ziluvchan bo'lganidanuning hajmi oziqlanayotgan qushlarda bir necha baravar ortishi mumkin. Donxo'r qushlar (masalan, kaptar) qisilo'ngachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ — jig'ildonga aylangan (95-rasm). Qushlaming oshqozoni ikki bo'Iimdan iborat. Oldingi bezli bo'limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta'sirida oziq yumshaydi. Oshqozonning ikkinchi muskuli bo'limida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi.
Qushlar tanasining harorati doimiy bo'lib, tashqi muhit haroratiga bog'liq boimaydi. Shuning uchun qushlarissiqqonli hayvonlar hisoblanadi.
Qushlar tanasida haroratning doimiy bo'lishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi, hayotining ko'p qismini ular oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm bo'ladi. Hatto qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxo'r qushlaming ozig'i ham 2—3 soat davomida batamom hazm bo'lib ketadi.
Qushlaming ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yo'li va siydik yo'li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladi.

Yüklə 314,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin