Ko'chmanchi qushlar. Yil fasllariga qarab kichikroq to'da bo'lib, asta-sekin joyini o'zgartirib turadigan qushlar ko'chmanchi qushlar deyiladi. Masalan, go'ngqarg'alar, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kamroq, lekin oziq-ovqat mo'lroq bo'lgan joylarga ko'chib ketishadi. Ko'chmanchi qushlarning doimiy qishlov joyi bo'lmaydi.
Uchib o'tuvchi qushlar. Bu xildagi qushlar bizning o'lkamizda in qurmaydi, Ularni faqat qishloq joylarga uchib ketayotganida yoki u yerlardan uchib kelayotganida, dam olish va oziqlanish uchun to'xtab o'tganida uchratish mumkin. Turna va oqqushlar xuddi shunday qushlardandir.
Uchib ketuvchi qushlar. Qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlaydi. Uchishdan oldin ular gala hosil qilishadi. Bitta galada birdaniga yuzlab va hatto minglab qushlar bo'lishi mumkin. Bir qancha qushlar kunduzi, boshqalari esa kechasi uchadi. Uchib ketuvchi qushlar ko'nikib qolgan doimiy qishlov joyiga uchib boradi.
Qushlar harxil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar doimiy yashash joyi hali issiq, ozuqasi yetarli bo'lishidan qat'i nazar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda uchib ketadi. Boshqa qushlar, masalan, o'rdak, g'oz va oqqush keen kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolrnay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi, qishni o'tkazgach o'sha yo'ldan orqaga — o'z vataniga qaytadi. Bu yerda in qurib, jo'ja ochadi. 102-rasrnda oq laylakning qishlov joylari sariq rangda, in qurib jofja ochadigan joylari yashil rangda ko'rsatilgan.
Qushlarning uchib ketish sabablari. Qafasda saqlanayotgan qushlarning xatti-harakati kuzatilganida, ularning kuz kirishi bilan juda bezovtalanib qafasdan chiqishga urinishi, ammo bir necha haftadan keyin yana tinchlanishini kuzatish mumkin.
Olimlar qushlarning uchib ketishi ularning yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishi bilan bog'liq, deb taxmin qiladilar. Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq ular qishlov joylariga uchib ketadi. Qish bo'lmaydigan tropik mintaqalarda yashaydigan qushlar ham uchib keladi. Ammo ularning uchib ketishi har yili sodir bo'lib turadigan qurg'oqchilik, sel yoki namgarchilik mavsumidan saqlanishga moslanishdan iborat.
Qushlaming bahorda o'z vatanlariga uchib ketishi ko'payish instinkti bilan bog'liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlaming qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal bo'ladi. Xuddi shuningdek, bahor kelishi bilan kunlarning uzaya boshlashi ularning qadrdon o'lkalariga uchib ketishi uchun turtki bo'ladi. Shunday qilib, qushlar ko'p asrlar davomida har yili sovuq tushadigan yoki qurg'oqchilik bo'ladigan o'lkalardan uchib ketishadi, noqulay mavsumning tugashi bilan esa yana uchib kelishadi. Qushlaming uchib ketishi va uchib kelishi ulardagi tug'ma instinkt xatti-harakati hisoblanadi. Bu hodisa mavsumning yil davomida almashinib turishi ta'sirida bundan bir necha million yil ilgari paydo bo'lgan.
Qushlarning uchib ketish jtfUitiT aniqlash, Qushlar qishlov joyiga uchib ketayotganidayo'lini aniq topaolishi olimlarni ko'pdan qiziqtirib kelgan. Yo'lni aniqlashda qushlaming ko'zlari va quyoshga qarab yo'l topishi qisman ahamiyatga ega, Lekin, ko'pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Planetariylarda o'tkazilgan tajribalar ularni yulduzlarga qarab yo'l topish qobiliyatiga ega ekanligini ko'rsatadi. Aftidan, ayrim qushlar Yer magnit maydonining o'zgarishini qabul qilishi ham mumkin.
Qushlarning qishlov joyiga uchib ketish yo'lini aniqlashi tug'ma qobiliyat bo'lib, uni qanday amalga oshishi hozircha to'liq hal etilmagan.