BILET Qang‘ davlati haqida fikrlaringizni bildiring.
Qang’ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o’qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr o’rtalari). Ayrira adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.K,Shoniyozov likricha, Qang’ sharqda Farg’ona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.-g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, Qang’ning jan. hududiga hozirgi O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on vaUrganch tumanlari kirgan bo’lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Qang’ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye bo’lgan. Mill.avv 3-asrda unga saklar asos solgan.Uning poytaxti Qang’dez bo’lgan.Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan.Qang’ davlatining asosiy shaharlar Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan.Mill.avv 2-asr oxirida qudratli davlatga aylandi.Uning hududidan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i o’tgan. Uning aholisi qang’arlar deb atalgan.Milodiy 3-asrda Qang’ davlati parchalanib ketdi. Ismoil I Safaviy haqida ma’lumot bering.
Ismoil I Safaviy(1487— 1524) - Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500—01), Tabrizni(1502) egallab, o’zini shoh deb e’lon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahming bir qismini bosib olgan (1503—10). Ismoil I Safaviy davrida Safaviylar davlati ancha ken gay gan. 1512 y. Ismoil I Safaviy qo’shinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513 y. boshida o’zbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qo’shinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar-bilan bo’lgan urushda Ismoil I Safaviy yengilgach